So’nggi yangiliklar

08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  5 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  2

Kristian Eriksen haqidagi barcha xabarlar bitta sahifada Yangiliklar

Kristian Eriksen haqidagi barcha xabarlar bitta sahifada

Daniya hamda Finlyandiya o'rtasidagi o'yinda Kristian Eriksen hushidan ketib, og'ir ahvolga tushib qoldi.

YANGILASH



UEFAdan hurmatga loyiq qaror yoxud Eriksen — Daniya va Finlyandiya o'rtasidagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi

“Bir futbolchi tarixi”. Siz-u bizga tanish Kristian Eriksen haqida

Daniya FF direktori: "Futbolchilar Eriksen bilan gaplashishdi va u uchun o'ynashmoqda".

19. Germaniya terma jamoasi azolari Kristian Eriksenga sog'liq tilashdi

UEFA prezidenti Eriksenga oid voqea haqida: "Bunday pallalarda futbol oilasining birlashuvi juda muhim"

"Bizning vujudimiz Kristian bilan" — "Inter", "Tottenxem" va "Ayaks" Eriksenni qo'llab-quvvatladi

18. Daniya terma jamoasi sardori Simon Kyaer:

• Eriksen tilini yutib yubormaganini tekshirdi;
• Futbolchiga tibbiy yordam berilayotganida Daniya terma jamoasi o'yinchilaridan iborat jonli devorni hosil qildi;
• Kasper SHmeyxel bilan birga Kristian Eriksenning turmush o'rtog'ini ovutdi. Haqiqiy sardor!


17. Daniya hamda Finlyandiya o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 23:30 dan davom ettiriladi. Buni UEFA ham tasdiqladi. Birinchi taymning so'nggi 4 daqiqasi o'ynalganidan keyin 5 daqiqalik tanaffus bo'ladi va ikkinchi taym boshlanadi. 


16. Eriksenning agenti: "Kristian hushiga keldi, o'zi mustaqil nafas olmoqda va gaplashmoqda".


15. Daniyalik muxlislar: "Kristian!

Finlyandiyaliklar: "Eriksen!"

Stadiondagi muxlislar daniyalik futbolchini shunday qo'llab turishdi...  Ularning har biriga alohida #Respect




14. Daniya futbol Associaciyasi: "Kristian hushiga keldi, shifokorlar shifoxonada u bilan ishlashda davom etishmoqda"


13. RASMAN: Finlyandiya — Daniya uchrashuvi ertaga, 13 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da davom ettiriladi

12. SHifoxonadan etib kelgan xabarga ko'ra, Eriksenda yurak xuruji ro'y bergan. Qo'shimcha malumotlarga ko'ra, Eriksen stress holatida bo'lgan.


11. UEFA: Eriksen shifoxonada, uning ahvoli normallashdi.


10. Daniya - Finlyandiya uchrashuvi qachon davom etishi haqida Toshkent vaqti bilan 22:45da elon qilinadi


9. Kristian Eriksenni shifoxonaga olib ketishdi



8. Eriksen maydonni shunday holda tark etdi 


7. Kristian Eriksenga yordam ko'rsatilayotgan vaziyat




6. Mana o'sha vaziyat 





5. Daniya terma jamoasi shifokorlari maydonning o'zida Eriksenni jonlantirishga kirishishdi va uning yuragini massaj qilishdi;


4. Futbolchilar jiddiy voqea sodir bo'lganini aytib, shifokorlarni tezlik bilan maydonga chaqirishdi;


3. Daniya terma jamoasi futbolchilari Kristian bilan sodir bo'layotgan voqea hech kimga ko'rinmasligi uchun maxsus aylana tashkil qilishdi;



2. Maydonda maxsus jonlantiruvchi uskunalar bilan qurollangan mahalliy shifokorlar brigadasi paydo bo'ldi;




1. To'xtalish 20 daqiqa davom etdi, shundan so'ng Eriksenni kasalxonaga olib ketishdi; 


Daniya - Finlyandiya uchrashuvi birinchi taymi oxirida Daniya terma jamoasi futbolchisi Kristian Eriksen maydonda yiqilib tushdi. U hech kim bilan to'qnashmadi. Unga tibbiyot xodimlari maydonning o'zida birinchi yordamni ko'rsatishdi. Daniyaning boshqa futbolchilari mazkur holatni to'sib turishdi. Futbolchi va muxlislar ko'zida yosh...

Reyting: -30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика