UEFA prezidenti Eriksenga oid voqea haqida: "Bunday pallalarda futbol oilasining birlashuvi juda muhim"

Sherzod Nurmatov
12 iyun 2021, 23:44
UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Evro-2020 doirasidagi Finyandiyaga qarshi o'yinda hushidan ketgan Daniya xavbeki Kristian Eriksenni qo'llab-quvvatladi.

"Bunday vaqtda boshqa narsa haqida o'ylamaysan. Men Kristianga sog'liq tilayman va uning olilasiga Xudodan madad so'rayman.

Shunday pallalarda futbol oilasining birlashuvi juda muhim. Hamma Kristian va uning oilasi sharafiga tilaklar yubormoqda.

Futbol qoyilmaqom – va Kristian ham uni qoyilmaqom o'ynaydi", – dedi Cheferin. 

LIVE  Kristian Eriksen haqida barchasi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com