Kristian Eriksen Evro-2020dan keyin ilk bor Daniya terma jamoasidan chaqiruv oldi
15 mar 2022 18:24
Yangiliklar
Kristian Eriksen Evro-2020dan keyin ilk bor Daniya terma jamoasidan chaqiruv oldi
"Brentford" yarim himoyachisi Kristian Eriksen Daniya terma jamoasidan chaqiruv oldi.
Bu haqda milliy jamoa matbuot xizmati xabar bermoqda. 30 yoshli futbolchi Niderlandiya (26 mart) va Serbiya (29 mart)ga qarshi o'rtoqlik o'yinlariga jalb qilindi.
Eriksenning 2021 yilning 12 iyunida Finlyandiya (0:1)ga qarshi Evro-2020 guruh bosqich ilk turining birinchi taymida yuragi to'xtab qolgan edi. Futbolchi shifoxonaga etkazilgan, u erda operaciya qilingan va unga defibrillyator qo'yilgandi.
Daniyalikning "Brentford" bilan shartnomasi joriy yilning yanvar so'nggiga qadar mo'ljallangan. Yarim himoyachi yangi jamoasi tarkibida 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar