"Kristal Pelas" MYUdan Zaa transfer huquqini sotib olmoqchi
28 jan 2015 17:44
Yangiliklar


"Kristal Pelas" MYUdan Zaa transfer huquqini sotib olmoqchi
"Kristal Pelas" "Manchester Yunayted"dan Uilfrid Zaaning transfer huquqini to'liq sotib olmoqchi.
Ayni damda Zaa "Kristal Pelas"da ijara asosida to'p tepmoqda. Malumotlarga ko'ra, tomonlar muzokara o'tkazmoqda va 22 yoshli futbolchining transferi yaqin kunlarda amalga oshishi mumkin. Gap 4 mln evro haqida ketyapti.
Eslatib o'tamiz, MYU Zaani 2013 yilda "Kristal Pelas"dan 13 mln evaziga xarid qilgan edi.

Fikrlar