"Kristal Pelas" ispaniyalik tajribali darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi
01 fev 2021 15:00
Yangiliklar


"Kristal Pelas" ispaniyalik tajribali darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi
34 yoshli ispaniyalik darvozabon Visente Guaita klub bilan 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
Bitimda shuningdek shartnomani yana bir yilga uzaytirish mumkinligi borasida band bor.
Oldinroq, Guaitaning vataniga qaytishi mumkinligi, unga "Valensiya" va "Real Sosedad" klublari qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.
Visente Guaita 2020/21 yilgi mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushdi va o'z darvozasidan 36ta to'p olib chiqdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar