"Kristal Pelas" Daniya terma jamoasi himoyachisi uchun 22 million evro to'laydi
25 iyu 2021 20:17
Yangiliklar
"Kristal Pelas" Daniya terma jamoasi himoyachisi uchun 22 million evro to'laydi
"Lion" va Daniya terma jamoasi himoyachisi Yoakim Andersen Londonning "Kristal Pelas" klubi azosiga aylanadi.
Manbaning xabariga ko'ra, Angliya klubi futbolchi uchun 22 million evro to'laydi. Summa bonuslarni qo'shib hisoblaganda yana 5 million evroga oshishi mumkin.
25 yoshli Andersen o'tgan mavsumda "Fulxem"da 31 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi. U Daniya termasi bilan birgalikda Evropa chempionati yarim finaliga qadar etib bordi.
Fikrlar