Krishtianu Ronaldudan antirekord
15 mar 2016 11:11
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldudan antirekord
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Las-Palmas"ga qarshi bahsda (2:1) juda yoqimsiz statistika qayd etdi.
Futbolchi butun o'yin davomida to'pga 28 marotaba tekkan, shu bilan birga na gol urdi va na golli pas berdi. Bu portugaliyalikning Primerodagi eng yomon ko'rsatkichi. U oldinroq boshqa uchrashuvlarda to'pga bundanda kam tekkan, ammo o'sha bahslarda futbolchi maydonda 45 daqiqadan ko'p harakat qilmagan. Oldinroq hujumchining eng yomon ko'rsatkichi 38 ta tegish edi.
Ronaldu joriy mavsumda Primeroning 29 uchrashuvida 27 ta gol urib, 9 ta golli pas bergan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar