Krishtianu Ronaldu "Yuventus" uchun umumiy hisobda 277 mln evroga tushgan
21 dek 2021 23:49
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu "Yuventus" uchun umumiy hisobda 277 mln evroga tushgan
Futbolchi bilan kelishuvning moliyaviy taraflari hisoblab chiqildi.
Italiyaning La Gazetta dello Sport nashri "Yuventus"ning moliyaviy qiyinchiliklarga tushib qolishi sabablarini atroflicha o'rgandi. Klubning katta summa sarflash jarayoni Gonsalo Iguain bilan boshlangan. "Turin" klubi futbolchi uchun 91 mln evro to'lashiga to'g'ri kelgan. Maoshlar bilan esa bu summa 122 mln evroga etgan.
Krishtianu Ronalduga ketgan summa esa ikki barobar ko'proq. Krishtianu Ronalduning transfer qiymati, maoshlari va boshqa harajatlar klub uchun 277 mln evroga tushgan.
Keyingi qatorlarda esa boshqa futbolchilar qayd etilgan. Duglas Kosta klubga 87 mln evroga, Artur - 85 mln evroga, Federiko Bernardeski - 73 mlnga aylangan. Kulusevski, Rabo, Pyacalarning har biri uchun ketgan summa 50 mln evrodan kamroqqa teng.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar