So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду захирадан тушиб Португалияга ғалаба олиб келди, Испания ўн киши бўлиб меҳмонда йирик ҳисоб қайд этди, Хорватия ва Швециядан уйдаги ғалабалар  1 01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  0 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  0 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  0 00:05Аббосбек Файзуллаев: "Хато қилган жамоалар Жаҳон чемпионатидан қуруқ қоладиган босқич бошланди"  2 23:45Элдор Шомуродов: "Бишкекка уч очкони қўлга киритиш учун келдик"  10 23:26Футзал. Тожикистон ЖЧда гуруҳдаги рақибимиз — Нидерландияни мағлуб этди  0 23:05Миллатлар лигаси. Бешта ўйин якунига етди  2 22:45Мундиал-2026. Рустам Ашурматов "Бунёдкор" академиясига қандай келиб қолгани ва 2 миллион сўм маош ҳақида   0 22:43Қирғизистон терма жамоаси футболчилари Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан нималар дейишди?  10 22:20Милитао ўнг сон зўриқиши сабаб 10 кунни ўтказиб юборади  0 21:41Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўртоқлик ўйинда ҳам Бразилияга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  15 21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  12 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  3 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0

Krishtianu Ronaldu o'zini-o'zi "ko'mib qo'ydi". Nega afsonaning obro'si bunchalik tushib ketdi? Yangiliklar

Krishtianu Ronaldu o'zini-o'zi "ko'mib qo'ydi". Nega afsonaning obro'si bunchalik tushib ketdi?

Afsona hozirda Evropa Ligasida ishtirok etadigan jamoa zaxirasida o'tiribdi.

Portugaliyalik MYU bilan ochiqdan-ochiq qarama-qarshilikka bormasligi kerak edi

Krishtianu Ronaldu transfer oynasi yopilganidan so'ng "Manchester Yunayted"da qoldi. Portugaliyalik CHempionlar Ligasidagi mavsumni o'tkazib yuboradi va hamma ham sevmaydigan Evropa Ligasida ishtirok etadi. U mavsum startida zaxira o'yinchisi — Ronaldu APLning dastlabki besh turidan to'rttasida o'yinni asosiy tarkibida boshlamadi. MYU bosh murabbiyi Erik ten Xag hozircha portugaliyalikni zaxira o'yinchisi sifatida ko'rayotganini ko'rsatib qo'ydi.


Ronaldu uzoqni ko'ra olmasdan, klub bilan ochiqdan-ochiq qarama-qarshilikka kirishdi

Krishtianu CHLda o'ynashni juda ham xohlagan edi. U qandaydir elita klubga muammosiz o'tishini taxmin qildi, shu sabab MYUga qarshi ochiqdan-ochiq "jang"ga kirishdi. Ammo, Ronaldu bunday shoshqaloq xulosalar chiqarmasligi va amaldagi shartnomasi bo'lgan klubni bunday ochiqchasiga mensimasligi xato edi. Hatto u o'zini uning bir qismi deb hisoblamasa-da.

"Bavariya", "Atletiko", "CHelsi", "Napoli", "Inter", "Milan" va boshqa CHempionlar Ligasi ishtirokchilari navbat bilan Krishtianuni rad etishdi. Masalan, "Bavariya"da boshqaruvchilar Oliver Kan va Xasan Salixamijich bir necha bor ommaviy tarzda portugaliyalik bilan shartnoma imzolash xohishi yo'qligini malum qilishdi. 37 yoshli Ronaldu iyul oyi so'nggida top-klublar ko'zida qadri sezilarli darajada tushgani va Manchesterda qolishi mumkinligini angladi.

Krishtianu o'z harakatlarini ko'rib chiqdi, MYU ixtiyoriga qaytdi, ish faoliyatiga qo'shildi, ammo kech bo'lgandi. Hatto ten Xag va jamoadoshlar tomonidan ishonch yo'qolgani, "Yunayted" o'yinchilari Ronalduning ketish xohishidan mamnun ekanliklari haqida mish-mishlar tarqaldi — bu malumotlar juda ham obro'li ESPN tomonidan berildi. Oldinroq, shunga o'xshash malumot The Telegraph'da ham berilgandi.

"Yunayted"ning qolgan xodimlari ham Ronalduga bo'lgan munosabatlarini o'zgartirishdi. Athletic nashrining xabariga ko'ra, hujumchi klub boshqaruv tuzilmasi, logistikasi, turli operaciyalar amalga oshirilishi va klub infrastrukturasi darajasidan norozi bo'lgan. Portugaliyalik MYUda sport direktori yo'qligidan noligan. U bunday vaziyatlarni futbol masalalari bo'yicha direktor Jon Merto bajarishiga qaramay, shunday fikr bildirdi.

"Yunayted" qandaydir vaqt Ronalduning injiqliklariga chidadi. Xususan, MYU 2009 yilda Krishtianu klubni tark etganidan beri rekonstrukciya qilinmagan suzish havzasi va saunani tamirdan chiqardi. Bu futbolchini tinchlantirish uchun etarli emasligi aniq edi.


"Manchester Yunayted" Krishtianuning hamma talabini bajarmaydi

"Manchester Yunayted"ning sabri asta-sekin tugab bordi. Hujumchining shartnomasida shunday band borki, jamoa CHempionlar Ligasiga chiqa olmasa, futbolchining maoshi haftasiga 480 ming funtdan 360 ming funtga qadar pasaytiriladi. Krishtianu buni adolatsizlik deb hisobladi, ammo klubni o'yinchining fikri tashvishga solmadi, bu haqda The Times xabar berdi.

Ronalduning muammolari faqatgina pullar bilan cheklanmadi. Erik ten Xag — tashkilotdagi yangi shaxs. Murabbiy Krishtianuga sodiq, u haqida hurmat bilan gapirdi va ko'p marta afsonaviy o'yinchi bilan samarali hamkorlik qilishga umid qilayotganini aytdi. Ammo, ten Xag ochiqdan-ochiq forvardning jismoniy holatidan noroziligini ham malum qildi.

Niderlandiyalik Ronalduga shunchaki uning obro'si uchun o'yin vaqti bermoqchi emas. Bu APL yangi mavsum startida aniq bo'ldi. Ronaldu besh tur yakuniga ko'ra samarali harakat amalga oshirmadi. 37 yoshli forvard atigi bitta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi — "Brentford" (0:4)ga qarshi 2-tur o'yinida u 90 daqiqa harakat qildi.

Ten Xag "Brentford"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng xulosa qildi. Krishtianu muntazam ravishda ikkinchi taymda zaxiradan o'yinga qo'shilishni boshladi. Jamoaning natijalari esa yaxshilandi — "Yunayted" uchta uchrashuvda g'alaba qozondi. Murabbiy hozircha o'z yondashuvini o'zgartirmoqchi emas: "Inson sifatida doim turli variantlarni ko'rib chiqasan, ammo murabbiy sifatida eng mos keladigan qarorni qabul qilishing kerak", — deya javob berdi ten Xag Ronaldu va Maguayrning asosiy tarkibdan chiqarilgani haqidagi savolga qisqacha.


Murabbiyning Ronaldu haqidagi yana ikkita iqtibosi:

"Krishtianu va Kazemiro yaxshilangan holda, optimal formaga yaqinlashar ekan, bizda jamoani kuchaytirish uchun ko'proq imkoniyatlar bo'ladi. Biz butun tarkibimizga ishonamiz".

"Hozir endigina mavsum boshlanishi. Bizda jamoa bor, faqatgina asosiy tarkib emas. Buni ko'rib olishingiz mumkin. Hozir zaxira o'rindig'ida o'tirganlar bir, ikki yoki uch haftadan so'ng o'ynashlari mumkin".


Ronaldu uchun vaziyat qiyinroq: u yig'inni o'tkazib yuborgan holda, o'zini-o'zi ko'mib qo'ydi — ten Xagning so'zlari va harakatlariga ko'ra, Krish shunchaki startda o'ynashga tayyor emas. Endi rotaciyaga "Ayaks"dan sotib olingan Antoni ham kelib qo'shildi — jamoa etakchilari safiga qo'shilish juda qiyin bo'ladi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика