Krishtianu Ronaldu navbatdagi sovrini qo'lga kiritgan o'z fikrlarini bildirib o'tdi
13 noy 08:50
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu navbatdagi sovrini qo'lga kiritgan o'z fikrlarini bildirib o'tdi
Krishtianu Ronaldu Portugaliya futbol federaciyasidan Quinas de Platina sovrinini qabul qilib olgach, dastlabki taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bu sovrinni qo'lga kiritganimdan faxrlanaman. Bu yakun emas, aksincha, boshlanishi. Bunga erishish uchun ko'p narsa qurbon qilindi, ko'p ishladim. Qachonlardir milliy jamoada birinchi o'yinimni o'tkazishni orzu qilardim, keyin esa 25, 50-o'yinlar, keyinchalik uch sonli raqamlar zabt etildi. 150, 200-o'yinlar haqida o'ylay boshladim.
Ko'plab klublarda to'p surib, qator sovrinlarga ega chiqdim. Ammo milliy jamoa sharafini himoya qilishdan, o'z mamlakatim shani, madaniyatim va bolalarim uchun to'p surishdan-da yaxshirog'i yo'q», - deydi Ronaldu.
Fikrlar