Krishtianu Ronaldu faoliyatini qaysi klubda yakunlashini aytdi, bu "Al Nassr" emas
18 mar 2024 14:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/784426_original.jpg)
![](/upload/storage/784426_220.jpg)
Krishtianu Ronaldu faoliyatini qaysi klubda yakunlashini aytdi, bu "Al Nassr" emas
39 yoshli portugaliyalikning tan olishicha, futbolchilik faoliyatini yakunlashdan oldin u o'z vatanida to'p tepishni xohlaydi.
“Faoliyatimni “Sporting”da yakunlayman. Men bu klubda bor-yo'g'i bir mavsum o'tkazsam ham, jamoaga bo'lgan hurmatimni namoyish etmoqchiman. Ular meni kashf etib, tarbiyalashdi. "Sporting" bo'lmaganda, ehtimol, McDonald's'da ishlayotgan bo'lardim", - dedi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu bir necha yil avval “Sporting”ga qaytish istagi haqida bergan intervyusida shunday bayonot bergan edi.
Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatining dastlabki qismini – 1997 yildan 2003 yilga qadar “Sporting”da o'tkazgan.
Forvard 2023 yildan beri Saudiya Arabistoni chempionatida “Al Nassr” sharafini himoya qilib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar