Krishtianu Ronaldu Evro yakunlanganidan so'ng kelajagi borasida qaror chiqaradi
07 iyu 2021 18:01
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu Evro yakunlanganidan so'ng kelajagi borasida qaror chiqaradi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin klubidan ketmoqchi.
U faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlarni ko'rib chiqmoqda. Ammo, 36 yoshli portugaliyalik futbolchi Evropa chempionati yakunlangandan so'ng qaror qabul qiladi.
Ronaldu "Real", "Manchester Yunayted" yoki PSJga o'tishni xohlaydi. Futbolchining "Yuve" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U A Seriyaga 2018 yilda "Real"dan kelgan edi.
Krishtianu o'tgan mavsum Italiya chempionati doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol urdi.
Fikrlar