So’nggi yangiliklar

13:47Арихиро Сентоку: "ОКМК билан мавсум якунида тарих яратамиз"   0 13:20ОКМК Тошкентда "Пахтакор"ни мағлуб этган учрашувдан галерея  1 13:03"Навбаҳор" футболчиси учун мавсум тугади   1 12:45ЎзФҲМ нимани яширмоқда? Асимов, Норсафаров ва бошқа ҳакамлар қаерда?  3 12:08"Милан" Меньян ва Эрнандес билан шартномаларни узайтириш устида ишламоқда  0 11:40FIFA.COM: "Аббос Файзуллаев кичик бўйли эканига қарамай, ажойиб техник хусусиятларга эга"  10 11:28"Реал" Дэвис трансферига шубҳа қилмаяпти  1 10:42Гвардиола нима учун «Манчестер Сити»да қолишга қарор қилганини тушунтириб берди  7 10:06Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум  2 09:30Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда  13 08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  1 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  7 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  2 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  8 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  15

Krishtianu Ronaldu bilan katta intervyu Yangiliklar

Krishtianu Ronaldu bilan katta intervyu

Krishtianu Ronaldu kamdan-kam holatlarda katta intervyular beradi.

To'g'ri u matbuot uchun Lionel Messi singari yopiq emas, jurnalistlar bilan suhbatlashishdan qochmaydi. Ammo katta suhbatlar uchun yilida bir-ikki marta vaqt ajratishi mumkin.

ITV xodimi, britaniyalik mashhur jurnalist Pirs Morgan portugaliyalik futbol yulduzi bilan suhbatlashishning uddasidan chiqdi. Ronaldu ishtirokidagi bunday katta va samimiy intervyular kamdam-kam holatlarda uchraydi. Biz mazkur intervyuning eng muhim qismlarini etiboringizga havola qilamiz.

Bolaligida «Makdonalds» qoldig'i bilan ovqatlangani haqida

“Bilasizmi? 11 yosh edim, menda umuman pul yo'q edi. Men internatda yashardim. Oilam esa Madeyra shaharchasida edi, shu sababdan ularni 3 oyda bir marotaba ko'ra olardim, xolos. Oilasiz juda qiynalardik. Bir gal kechqurun qornimiz juda ochdi. Do'stim bilan ovqatlanish maqsadida internat qoshidagi «Makdonalds» tamaddixonasiga borishga qaror qildik. Ammo bizda bir muammo bor edi: Ikkalamizda ham pul yo'q edi. Tavakkal qilib, tamaddixonaning orqa tomondagi eshigini taqillatdik: «Ozroq egulik topiladimi?»
Edna ismli ayol va yana ikki qiz bizga gamburgerlar qoldig'ini chiqarib bergandi. O'sha lahzadagi baxtiyorligimni so'z bilan tariflab berolmayman…

Men keyinchalik ularni juda ko'p axtardim. Portugaliyadagi tanishlarim bilan suhbatlashib, ulardan bu borada yordam berishlarini so'radim. Biroq hech qanday natijaga erisholmadik. O'sha tamaddixona allaqachon berkitilgan bo'lib chiqdi.

Mazkur intervyu ularni topishimda yordam beradi, deb umid qilaman. Bundan juda xursand bo'lardim. Men ularni Turin yoki Lissabonga kechki ovqatga taklif qilmoqchiman. Bu men uchun qanchalik muhimligini tasavvur qilolmaysiz. Men ularni uchratgan tunimni hech qachon unutmayman, yaxshiliklari men uchun juda qadrli. Men shunga munosib javob qaytarmoqchiman” .



Krishtianu Turin ko'chalarida sayrga ham chiqolmaydi
Ronaldu sayyoramizning eng mashhur shaxslaridan biri hisoblanadi. Uning mashhurligini sanoqli shaxslar bilan solishtirish mumkin, xolos. Hatto Instagram’dagi kuzatuvchilar soni bo'yicha Beyonse va Leo Messi ham «Yuventus» klubi hujumchisidan sezilarli farq bilan ortda boryaptilar. Ronaldu bu haqida shunday deydi:

«Rostini aytsam, men bundan hayron emasman. Men o'zimning kimlligimni yaxshi bilaman. Hayotimning 75%i futboldan iborat bo'lsa, qolgan qismini oilam tashkil qiladi. Ha, men har jabhada birinchi bo'lishni yoqtiraman, shunga harakat qilaman. Ammo ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni bo'yicha ikki yoki uchinchi o'rinda bo'lsam ham, bundan hech ranjimayman. Bu – men uchun unchalik muhim emas. Ishimda birinchi bo'lish – men uchun muhimroq».

Jurnalist Morgan futbolchini yana savolga tutadi: Krishtianu Ronaldu bo'lish juda qiyin. Doimiy etibor markazida turasiz, sizni sezib qolmasliklari uchun xotirjam sayr ham qilolmasangiz kerak. Bu – qiyin emasmi?

«So'nggi 10 yilda xotirjamlik yo'qoldi. Oxirgi yil davomida bolalarim bilan necha marta sayrga chiqqanimni tahmin qila olasizmi? – NOL. Ha, biror marta ham bunga imkon topolmadik. Ko'chada oldimizdan yigirmaga yaqin odam chiqadi va bizni o'rab oladi, bolalar va ayolim esa asabiylasha boshlashadi. Biz jamoat joylarida ehtiyotkorlik bilan harakatlanishimiz kerak. Hammaning etibori bizda bo'ladi. Har qanday g'ayrioddiy harakatimiz darhol suratga olinadi. O'zingiz xohlagandek yasholmasangiz, bu - sizni ham g'azablantiradi. Biroq nima ham qila olardik? Biror narsani o'zgartirishga juda kech bo'ldi. Hammasiga ko'nikishimiz kerak».

Keyin Ronaldu 10 yil muqaddam yangi yil oqshomida do'sti bilan raqs tushish maqsadida tungi klubga borganini tabassum bilan yodga oldi:
Yasama soch, soqol hamda ko'zoynaklar bilan ko'rinishimizni o'zgartirdik (kuladi). Liftda hamma bizga qarardi: “Bular kim o'zi? Rok yulduzlarimi? “. Biz Madriddagi barga kirdik. Bizni hech kim tanimasligi uchun faqat ingliz tilida so'zlashishga kelishib olgandik. Ammo peshtaxta yoniga yaqinlasharkanmiz, men beixtiyor Rikkardudan nima ichishini portugal tilida so'rab yubordim. Atigi birgina ibora!

Keyin orqadan kimdir engashib aytdi: «Krishtianu men sizni tanidim». Men esa o'zimni hech narsa bo'lmaganday tutdim. Hamma menga boshqacha nigoh bilan qarar, lekin eng muhimi ular men Krishtianu ekanimni bilishmasdi. U erda o'tkazgan 2-3 soatim hayotimdagi eng yaxshi oqshomlardan biriga aylandi, chunki men o'zimni chinakamiga erkin his qilgandim”.


Ronaldu 2003 yilda «Arsenal»ga o'tishiga bir qadam qolgan, ammo portugaliyalik futbolchi «Manchester Yunayted»ni tanlagandi. «To'pchilar» muxlisi hisoblanadigan Pirs Morgan futbolchining bu qarorini maqullamadi.

- Bu - to'g'ri. Men Arsenalga o'tishga juda yaqin edim.

- Qanchalik yaqin?
- SHartnoma uchun bir qadam qolgandi.

- Rostdanmi?
- Albatta, jiddiy gapiryapman.

- Yani, biz hammasini birga yutishimiz mumkin edimi?
- Men jamoaga qo'limdan kelgancha yordam berardim.

Jurnalist o'z orzusini amalga oshirib Ronaldu nomi tushirilgan «Arsenal» futbolkasini futbolchiga topshirdi.


- Bu – fantastik jamoa.
- Hali ham kech bo'lmadi. Ronaldu va «Arsenal»! Siz barcha sovrinlarni yutasiz.

- Transfer amalga oshmadi. Lekin, men ular amalga oshirgan ishlarni qadrlayman. Ayniqsa, Arsen Vengerni.



Eng kuchli jihat – fikrlash. Rekordlarning o'zi Ronalduni qidiradi va jurnalist uni tarixdagi eng yaxshi futbolchi, deb tan oldi.

«Sizga o'xshagan odamlardan bunday so'zlarni(siz eng zo'rsiz, qobilyatlisiz, birinchi raqamlisiz) eshitganimda, insonlar mening ishtiyoq va mehnatimni qadrlashgani uchun g'ururlanib ketaman. Men yaxshi o'yinchiman, lekin mening eng katta yutug'im – bu fikrlash qobilyatimdir.

Raqamlar aldamaydi. Agar siz so'ngi bir necha yilga qarasangiz, mening natijalarim bir xilligini ko'rasiz, pasayish kuzatilmagan. Buning uchun istedodning o'zi kifoya qilmaydi. Futbolga o'zingizni bag'ishlashingiz, mehnatsevar va harakatchan bo'lishingiz kerak. O'zingiz xohlagan darajaga erishishingiz uchun qo'lingizdan kelgan hamma narsani qilishingiz talab qilinadi.

Men ertalab uyg'onaman, nonushta qilaman, bolalar bilan biroz gaplashgach, sport zaliga yo'l olaman. Faqatgina 30-40 daqiqa harakat qilasiz, bu – hammasini o'zgartirib yuboradi. Men biror kunni mashg'ulotsiz o'tkazib yuborishni xohlamayman. SHuning uchun ham, men 34 yoshda bo'lsamda, xuddi 28 yoshga o'xshayman», - deb hazillashadi futbolchi.
Ronaldu 45 ta mukofot sohibi hisoblanadi. Uning uchun shaxsiy sovrinlar muhimroqmi yoki jamoaviy?

«Bu mening o'zimni tiya olishim va g'alabaga bo'lgan ishtiyoqimning sharofatidir. Muvaffaqiyat uchun tinimsiz harakat qilaman. Rekordlar – mening bir bo'lagim. Men ularni emas, ular meni qidirishadi. Mana, farq nimada. Muvaffaqiyatlarimdan mamnunman. Bu kishiga motivaciya beradi. Ishimdan zavq ololmay qolganimda faoliyatimni yakunlayman. Ammo rekordlar yaqin bo'lsa, nega men ularni yangilamasligim kerak? Agar futbol tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lish imkoniyati bo'lsa, nega buni amalga oshirmay?», - deydi Krish.


Suhbat jarayonida yig'lab yubordi

Pirs Morgan Ronalduga uning otasi Joze Aveyruning EVRO-2004 finali oldidan Norvegiya televideniyasiga bergan intervyusini qo'yib berdi. Videotasvirda ota o'z o'g'li bilan faxrlanishi haqida to'lqinlanib gapirardi. Krish mazkur videotasvirni tomosha qilar ekan, ko'z yoshlarini yashirib turolmadi.

«Men bu tasvirni hech qachon ko'rmaganman… Kechirasiz… Yig'layman deb o'ylamagandim. Men otam bilan hech qachon jiddiy suhbatlashmaganman. U doim mast bo'lardi. Afsuski, otam men qo'lga kiritgan mukofotlarni ko'rmadi. Balki, u samodan meni kuzatib turgani uchun shuncha yutuqlarga erishgandirman», - deydi ko'zda yosh bilan.




Faqat 4 kishiga to'liq ishonadi

Ronaldu kabi yulduzlarning to'liq ishonsa bo'ladigan yaqinlari bo'lishi kerak.

«Men kimga 100% ishonaman? Ismlarni aytmayman, chunki bu boshqalar uchun adolatsizlikdek tuyulishi mumkin. Lekin ularning soni to'rtta. SHu odamlarga 100 % ishona olaman. Ha, mening oilam, yaxshi do'stlarim bor. Biroq faqat 4 kishiga to'liq ishona olaman. Menimcha, bu etarli. Bu narsalar haqida o'ylashni xohlamayman. Hayot shunday, biz esa shunday yashayapmiz».


Messini engish uchun 6-8 ta «Oltin to'p» olishi kerak

Ronaldu uchun eng muhim rekord – «Oltin to'p»lar soni hisoblanadi. Mazkur futbolchi va uning asosiy raqibi Messi hisobida beshtadan «Oltin to'p» bor.

“Men ushbu natijani yaxshilamoqchiman va bunga haqqim bor, deb o'ylayman. Messi – ajoyib inson va ko'zga ko'ringan futbolchi, u futbolning bir bo'lagiga aylangan. Men uni ortda qoldirishim uchun olti, etti yoki sakkizta «Oltin to'p» olishim kerak, deb o'ylayman.

Men u bilan doimiy aloqada emasman. U bilan UEFA marosimida gaplashganimda ko'pchilik hayron qoldi. Biz do'st emasmiz, lekin 15 yildan beri bir sahnada bir birimiz bilan kurashyapmiz. Bir birimizni hurmat qilamiz.

U menga qarshi o'ynagan eng yaxshi futbolchimi? Ha, albatta”.



Qabr toshiga birinchi raqam, deb yozilishini xohlaydi
“Men tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida eslanishni xohlayman. Eng yaxshisi yoki ulardan biri – bu odamlarning didiga bog'liq. Men insonlarga nima yoqishini nazorat qilolmayman. Kimgadir bir o'yinchi yoqadi, kimgadir boshqasi. Ishonchim komilki, men futbolda o'z tariximni yarata oldim.

Men o'zimni birinchi raqamli, deb hisoblayman, lekin kimdir uchun ikkinchi raqamdaman. Buning ahamiyati yo'q. Qabrtoshim ustiga shunday yozilishini xohlayman:
«Birinchi raqam». Ha, ettinchi raqam emas, BIRINCHI!


Faxriddin Ro'ziev tarjimasi

Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика