Krimec Falastinga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi
18 noy 2019 15:44
Yangiliklar


Krimec Falastinga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi
Ertaga, 19 noyabr kuni O'zbekiston hamda Falastin terma jamoalari o'rtasida JCH-2022 saralash uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Ushbu muhim bahs oldindan tarkibimizda yo'qotish bor. Milliy terma jamoamiz himoyachisi Egor Krimec shamollab qolgani tufayli Falastinga qarshi bahsni o'tkazib yuborishga majbur. Bu haqda bosh murabbiy Vadim Abramov o'yinoldin matbuot anjumanida malum qildi.
"Krimec shamollab qoldi va Falastin bilan o'yinni o'tkazib yuboradi. Falastin safida bo'ydor hujumchi borligi tufayli uni ertangi bahsda maydonga tushirishni reja qilgandik" - deydi Abramov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar