Krauch: "Xyuzning fikricha, men 40 yoshgacha futbol o'ynay olar ekanman"
24 dek 2016 12:12
Yangiliklar
Krauch: "Xyuzning fikricha, men 40 yoshgacha futbol o'ynay olar ekanman"
"Stok Siti" hujumchisi Piter Krauchning so'zlariga ko'ra, u 35 yosh bo'lishiga qaramay faoliyatini yakunlamoqchi emas va bu borada uni jamoa bosh murabbiyi Mark Xyuz ham qo'llab-quvvatlaydi.
"Faoliyatimni boshlaganimda, futbolchilar 31-32 yoshida butsalarini mixga ilishgan. Avvalgidek har kuni shug'ullanyapman va bundan rohatlanyapman. Gol urishdan yaxshiroq narsa yo'q. Hech qachon tezkor futbolchi bo'lmaganman. Futbolchilik faoliyatini 40 yoshida yakunlagan murabbiy Mark Xyuz bilan suhbatlashdim. Uning fikricha, men ham shu yoshgacha o'ynashim mumkin" - deydi Krauch.
Joriy mavsumda Krauch APLning 9-ta uchrashuvida maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar