Krauch: "Stok Siti" keyingi yil evrokuboklar haqida o'ylashni boshlashi mumkin"
04 apr 2015 14:47
Yangiliklar


Krauch: "Stok Siti" keyingi yil evrokuboklar haqida o'ylashni boshlashi mumkin"
"Stok Siti" hujumchisi Piter Krauchning takidlashicha, uning klubi kelajakda evrokuboklarda ishtirok etmoqchi.
"O'tgan yili tarixda birinchi martda mavsumni kuchli o'ntalikda yakunladik. Hozir o'ninchi o'rindamiz. Biz sakkizinchi o'rinni egallay olamiz.
Klubimiz barqaror, chunki prezidentimiz shoshilinch qarorlar qabul qilmaydi. U murabbiyni to'g'ri tanladi va biz ham o'sishga umid qilyapmiz. Agar biz yana kuchli o'ntalikda yoki top sakkizlikda mavsumni yakunlasak, keyingi yil evrokubok haqida o'ylab ko'rishimiz mumkin" - deydi Krauch.

Fikrlar