So’nggi yangiliklar

16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  1 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  5 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1 14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  2 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  34 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  2 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  26

Krasnickiy, Stadnik, “ayyor Mixey”va o'sha mashhur o'yin haqida Ahrol Inoyatov bilan dildan suhbat (2-qism) Yangiliklar

Krasnickiy, Stadnik, “ayyor Mixey”va o'sha mashhur o'yin haqida Ahrol Inoyatov bilan dildan suhbat (2-qism)

Hozirgi avlod Ahrol Inoyatovni oxirgi 3-4 yilda O'FFda “Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish bo'limi”da rahbar sifatida faoliyat yuritgani bilan yaxshi taniydi.

Yoshi ulug' futbol ishqibozlari esa, Ahrol akani 60-70 – yillarda Gennadiy Krasnickiy, Birodar Abduraimov, Stanislav Stadnik bilan birga “Paxtakor”da javlon urganini eslaydi. Bugungi kunda nafaqada, oilasi bag'rida umrguzoronlik qilayotgan Ahrol aka bilan dildan suhbat uyushtirdik. Suhbatimiz uzoq davom etdi. Unda shu vaqtgacha aytilgan va aytilmagan voqealar haqida so'z yuritildi. Yildan-yilga afsonaga aylanayotgan Gennadiy Krasnickiy va “Paxtakor” –“Metallurg” bahsi ham eslab o'tildi. O'ylaymanki, bu suhbatimiz mushtariylarga manzur bo'ladi. Suhbatimiz uzoq davom etgani, ajoyib xotiralar-u, muhim faktlar aytilgani bois, intervyuni qismlarga ajratib berishni maqul deb bildik.


Krasnickiy, Stadnik, “ayyor Mixey” va o'sha mashhur o'yin haqida Ahrol Inoyatov bilan dildan suhbat (1-qism)


2-qism. Murabbiylik faoliyati
-    Endigina 27 yoshni qarshi olganingizda futbolchilik faoliyatingizni yakunlashga majbur bo'lgansiz. Jarohat olib, boshqa futbol o'ynay olmasligingizni bilganingizda o'zingizni qanday his qilgansiz.
-    Bunday vaziyatda inson karaxt bo'lib qoladi. Nima qilishini bilmaydi. Butun faoliyati ko'z oldidan kinotasmasidek o'tadi. Odam o'ziga kelib olishi uchun vaqt kerak bo'ladi. Hali ham men boshqa futbol o'ynay olmasligimni bilganimdan keyin maksimum darajada o'zimni bunga ruhan tayyorlashga harakat qilganman. Vaqt hamma narsaga davo. Ko'nikkanman va murabbiylik faoliyatimni boshlaganman.

-    Futbolchilik faoliyatingizga nuqta qo'ygan jarohat qanday ortirilgan edi?
-    Toshkentda CSKAga qarshi uchrashuvda sobiq Ittifoq terma jamoasi azosi Valentin Afonin bilan to'qnashib ketganman. O'sha to'qnashuvda o'ng tizzamdan ortirilgan jarohat to'p tepishni yakunlashimga etarli bo'lgan.Jarohatni Moskvada davolatganman. Rossiya poytaxtida barcha sportchilar davolanishi mumkin bo'lgan shifoxona bor. O'sha erda jarrohlik stoliga yotganman.

-    Murabbiylik faoliyatini boshlashingizga kim turtki bo'lgan?
-    Boshqa futbol o'ynay olmasligimni bilgan tanishlarim menga murabbiy bo'lib ishlashni taklif qilgan. Oldimda ikkita variant bor edi: “CHig'atoy” yoki “Paxtakor” futbol maktabida ishlash. Maqsud aka SHaripovdan maslahat so'radim. Bu inson ikkala maktabning ustunlik va kamchilik tomonlarini aytib berdi. SHundan keyin “Paxtakor”ni tanladim va 2-3 yil shu erda ishladim. 1975 yil menga O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini ishonib topshirishdi. Yordamchim Vilgelm Qahhorov. Tarkibda 1958-1959 yillarda tug'ilgan bolalar bor. Xususan, To'ra SHoymardonov, Sirojiddin Bozorov, Ravil Agishev. Jamoa bilan sobiq Ittifoqning o'sha vaqtdagi eng mashhur musobaqasi “Yunost Kubogi”da qatnashganmiz. Xabaringiz bor, bu turnirning har bir bosqichi guruh shaklida o'tkazilardi. Saralashdan o'tib, yarim finalda o'ynayapmiz. Yarim  finalda Turkmanistonni 4ta gol farqi bilan yutsak, finalga yo'l olamiz. Aks holda Rossiya finalga chiqadi. SHuning uchun ruslar turkmanlarga mukofot bilan chiqqan. Birinchi bo'limda SHoymardonov penaltiga sabab bo'lgan xatoga yo'l qo'ydi. Tanaffusga 1:0 hisobida chiqib ketdik. Tanaffusda yigitlarga umuman dakki bermadim, jumladan, To'raga ham. Aksincha, hali hech narsa yo'qotilmaganini, imkoniyat borligini tushuntirdim. Ikkinchi bo'limda raqib darvozasiga beshta gol urdik va finalga chiqdik. (Kulib)Ruslar turkmanlarga o'yinni sotdinglar, deb dashnom berishdi. Toshkentga qaytib kelganimizdan keyin rahbarlar bizni katta xursandchilik bilan kutib olishdi. Sovg'a-salomlar ulashishdi. Finalda oldimizga kamida 3-o'rinni qo'lga kiritish vazifasi qo'yildi. Ahamiyatlisi, buni ham bajara oldik. Sobiq Ittifoq davrida bu musobaqada kuchli uchlikka kirish katta ish edi.



-    Butsani mixga iliboq murabbiylikni boshlab yubordingiz. Sizga xatto o'smirlar terma jamoasi ham ishonib topshirildi. Licenziyaga o'qiganmisiz?
-    Albatta. 1979 yil Moskvadagi murabbiylar oliy maktabiga o'qishga borganman. Bu dargohdagi o'qishning saviyasi umuman boshqacha edi. Rostini aytsam, bu maktabningkutubxonasi zo'r edi. Kutubxonadagi kitoblarniboshqa joyda ko'rmaganman. Biz “Paxtakor”ga endi kelganimizdajamoadagi faxriylar Rahmatullaev, SHaripov, Zokirov kitob o'qirdi. Qaysi shaharga borsak akalar bilan kutubxonaga kirardik. Bu biz kabi yoshlarning ongiga ham ijobiy tasir qilgandi. Kitobga bo'lgan mehrimiz oshgan. CHunki kitob insonning har tomonlama o'sishiga xizmat qiladi.

Moskvadagi maktabda o'qib yurgan kezlarimizda men bilan Bugaevni bir oyga “Paxtakor”ga amaliyot o'tashga jo'natishgandi. O'sha mashum aviahalot bo'lmaganida biz “Paxtakor” Bokuda ko'rishishimiz kerak edi. Jamoa Minskka uchib ketgan, biz Bugaev Bokuga jo'nashga tayyorgarlik ko'rayotgandik. Voqealar rivoji o'zgarib ketgandan so'ng biz ham Bokuga uchmaganmiz.

-    Moskvadagi o'qish yakunlangach, faoliyatingizni Jizzaxda davom ettirganingizni bilamiz...
-    Moskvadan qaytganimdan keyin Toshkentdagi Sport qo'mitasi meni birinchi ligaga chiqqan Jizzaxning “Bo'ston”jamoasiga bosh murabbiy etib tayinladi. Yordamchim Viktor Borisov. U erda bir yarim yil ishladik. Birinchi yil natijalar yaxshi bo'ldi. Ikkinchi yil pasayish yuz berdi. Jizzaxdan so'ng To'raqo'rg'onga jo'natishdi. Namanganda Bugaev yordamchim bo'lib ishladi. To'raqo'rg'ondagi ikki yillik faoliyatimdan keyin Sport qo'mitasining futbol bo'limiga Veremanyanning o'rniga rahbar bo'lib bordim.Biz markaziy Osiyo bo'yicha ikkinchi ligani o'tkazardik. Rasmiy lavozimga qaytgan bir vaqtimda Moskvadan Koloskov qo'ng'iroq qilib, Iroqdan ish taklif qildi. Rozi bo'lib, Iroq yoshlar terma jamoasini boshqarishga o'tdim. Biroq biz hech qanday rasmiy musobaqada qatnashmaganmiz. CHunki FIFA mengacha ularni futbolchilarning yoshini qisqartirgan uchun chetlashtirgandi. O'rtoqlik uchrashuvlarida o'ynab yurardik. Men bilan Boris Ignatev ishlardi. Xorijdagi bir yarim yillik faoliyatim davomida ko'p narsalarni ko'rdim. Yani, Kuvayt bilan urush boshlanib ketgach, bizni asirga olishdi. So'ngi oila azolarimizni mamlakatdan chiqarvorishdi, lekin o'zimizni olib qolishdi. Qizig'i, qo'limizda pul bor, ovqatlanishga hech narsa yo'q. Nonga ertalabdan navbatga turish kerak. Ancha vaqtdan keyin Ittifoq rahbarlaridan biri Iroq prezidenti bilan uchrashdi va biz yurtga qaytdik.

-    Nega rasmiy lavozimni murabbiylikka almashgansiz? Vaholanki, hali u erda uzoq ishlamagandingiz?
-    Biz federaciyada uch kishi ishlardik. Ish haddan tashqari ko'p edi. Ertalab ishga kelganimni bilaman, qachon ketganimni bilmasdim. Murabbiylikdan rasmiy lavozimga o'tib, qog'oz ishlariga aralashb qolganimdan so'ng o'zimda charchoq his qilganman. Boisi, yuqorida takidlaganimdek, bizda ish haddan tashqari ko'p, kechgacha ishxonada o'tirsak ham tugamasdi. Aytgancha, Sport qo'mitaning futbol bo'limini butun Ittifoq bo'yicha konferenciya o'tkazib, federaciyaga aylantirganmiz. O'zbekiston futbol federaciyasiga o'sha vaqtda tamal toshi qo'yilgan.

Sport qo'mitaning futbol bo'limida endigina rahbar bo'lib ishga boshlaganimda bizga Moskvadan mamlakat qahramoni sifatida tan olishgan, juda kuchli mutaxassis Sergey Vaslevich Polyakov tekshiruvga keldi. Yordamchim Davidov edi. U mendan avval Veremanyanga yordam bergan. Xullas, o'sha Davidov menga tekshiruvchilarga pul yig'ishimiz kerakligini aytdi. Endi ishga kelganman, hayron bo'lib, “noto'g'ri ishlarimiz bormi”, desam, “yo'q, odat shunaqa”, degan javob qaytardi. Tabiiyki, rozi bo'lmadim, tekshiruvchilar bilan gaplashdim. Polyakovga birinchi uchrashuvdayoq halmi hech narsa bilmasligimni, shu vaqtga murabbiy bo'lib ishlaganimni, hujjat ishlarini tushunmasligimi, iloji bo'lsa, menga hamma narsani o'rgatishini iltimos qildim. Ishonasizmi, uch kunga kelgan tekshiruvchi bir hafta menga ish o'rgatdi. Har kuni ertalabdan kechgacha ishxonada, uyda ishladik. Aytgan hamma narsalarini yozib oldim. Bir tomondan Koloskov meni qo'llab turdi. Polyakov o'z ishining haqiqy ustasi edi. Ochig'ini aytaman, agar shu inson o'sha tekshiruvga kelganida menga astoydil bo'lib hamma narsani o'rgatmaganida hujjat ishlari bo'yicha hech narsani tushunmagan bo'lardim. Keyinchalik uning bergan bilimlari bilan sobiq Ittifoqdagi boshqa mamlakat federaciyalarida seminar ham o'tganman.



Endi o'sha vaqtlarda bo'lgan voqea haqida aytib bersam. Federaciyaning bir qarori bor edi. Mamlakat birinchiligida ishtirok etayotgan jamoalarga o'zbekistonlik bo'lmagan futbolchini o'ynatishiga ruxsat yo'q. SHunday bo'ldiki, Averyanov boshqarayotgan “Andijon”ning shu qarorni chetlab o'tishi uchun bir tanish menga pul taklif qildi. U yaqin tanish bo'lgani uchun ham to'g'ri tushuntirib, bu mavzuni qaytmasligini takidladim. Agar begona bo'lganida u bilan boshqa tashkilotlarda gaplashishim mumkin edi. Mendagi ish uslubi shunday edi: jamoalar “zayavka” topshirsa, avval yordamchilarim ko'rib chiqadi, keyin o'zim ko'rib chiqib, muhr bosaman. Yordamchim Davidov “Andijon”ni “zayavka”sini qo'limga tutqazdi. Tekshirdingmi, desam “ha”, dedi. Tarkibda 5-6 nafar rus millatiga mansub o'yinchilar bor. Hujjatlarini tekshirsam, hammasi joyida: bir necha yillardan beri O'zbekistonda yashaydi. “Zayavka” qog'ozi bir hafta qo'limda turdi. Bu orada Davidov bir necha marta yonimga kirib, “zayavka”ga muhr bosdimmi-yo'qmi, so'radi. Tekshiryapman, deb tekshiraverdim. Kaminani bir narsa ajablabtirayotgandi. Nega hammasi joyida bo'lsa, menga pul taklif qilishdi. Baribir topdim. Naqd olti kun deganda, ularning qanday ayyorlik qilishganini bildim. Bilasizmi nimadan bildim? Pasportning sahifalaridagi raqamlar bir-biriga to'g'ri kelmasdi. “Prospiska” qo'yilgan sahifasi boshqa, asosiy joyi boshqa. SHu kunning o'zidayoq Davidovga ishdan bo'shash arizasini yozishini aytdim. U aybini tan olmadi, klubga yukladi. Lekin baribir bo'shatdim. Agar shuni jiddiy tekshirmay o'tkazvorganimda, Inoyatov ham pul olgan va nomimga yo'q joydan dog' tushgan bo'lardi.

-    “Paxtakor”da bosh murabbiy sifatida ish boshlagan yillaringizni ham eslab o'tsangiz.
-    90-yillar men hali federaciyada ishlayman. “Paxtakor”ning natijalari yaxshilanavermagach,rahbariyat menga bosh murabbiy vazifasiga nomzod topishni yukladi. Bu orada klub bilan Greciyaga xalqaro o'rtoqlik uchrashuviga borib keldik. Sobiq Ittifoqning barcha hududlaridagi tanishlarga qo'ng'iroq qildim. Jamoaning turnir jadvalidagi o'rnidan kelib chiqqan holda hech bosh murabbiylik xohlamasdi. Oxiri Sport qo'mitasi klubga meni bosh murabbiy etib tayinladi. Tarkib juda kuchli edi: Qosimov, SHkvirin, Pyatnickiy, Magometov, Kechinov, Denisov. Adashmasam so'nggi turda Toshkentda “Spartak” bilan o'ynayapmiz. Biz yutsak oliy ligada qolamiz, ular g'alaba qozonsa chempion bo'lishadi. Uchrashuvda 1:0 hisobida g'alaba qozonganmiz, Pyatnickiy ajoyib gol urgan va biz oliy ligada qolganmiz.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yilda “Neftchi” bilan qo'shchempion bo'ldik. O'shanda nega qo'shchempion elon qilinganini tushuntirsam. Biz Qosimov, SHkvirin, Denisovni “Spartak” (Vladikavkaz)ga ijaraga berib yuborgandik. Lekin federaciyada ro'yxatdan o'chirmaganmiz, yani, futbolchilarni licenziyasi klubda qolgan. Federaciya ham bunga jiddiy etibor bermagan, bu ularning xatosi. Qisqasi, uchchala o'yinchini ham chempionat o'yinlarida o'ynatganimiz uchun federaciya bizni ayblagan. Ammo qonun-qoidani bilganim va bungacha federaciyada rahbar bo'lib ishlaganim uchun reglament bo'yicha ularning xatosini ko'rsatib berganman. Bunday amaliyot o'sha yili Rossiyada kuzatilgan edi. CSKA azosi Ispaniyaga borib o'ynagan, qaytganidan so'ng faoliyatin armiyachilar safida davom etgan. Ruslar bunga qarshilik qilmagan. Bizning federaciya chempionat yakunida “Neftchi” bilan ochkolarimiz va to'p nisbatimiz bir xil bo'lib qolgach, qo'shimcha o'yin o'tkazishimizni aytdi. Jizzaxda bo'lib o'tgan qo'shimcha uchrashuvda ham g'alaba qozondik, biroq baribir qo'shchempionlik elon qilindi.

SHundan so'ng, yana bir necha yil “Paxtakor”da turli lavozimlarda faoliyat yuritdim. 1997 yil mini-futbolda “Turon-S”ni boshqardim. Bir necha yil chempion bo'ldik. Keyin Sport qo'mitada faoliyat yuritdim, u erdan “CHig'atoy” futbol maktabiga bosh murabbiy bo'lib bordim. 2005 yil Murod Aliev ROZKga taklif qildi. Besh yildan so'ng bu dargohdan nafaqaga chiqdim.

-    Murabbiylik faoliyatingizdagi sizga yoqqan shogirdingiz kim bo'lgan?
-    Mirjalol Qosimov.U o'z ustida juda qattiq ishlardi. Terma jamoadan kelib, issiq kiyimlarni kiyib yugurardi. Kamchiliklarini tuzatish uchun mehnat qilardi. SHuning u shu darajaga chiqqan, desam mubolag'a bo'lmaydi. Yakushin aytardi:“shunday pas bergingki, raqib sakrab ham eta olmasin”.


Furqatbek NISHONOV suhbatlashdi.
(Davomi bor...)

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика