So’nggi yangiliklar

12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  0 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  7 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  10 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1

Krasnickiy xotirasi uchun XVIII xalqaro bolalar musobaqasi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Krasnickiy xotirasi uchun XVIII xalqaro bolalar musobaqasi bo'lib o'tdi

Kecha Toshkentda o'zbek futboli afsonalaridan biri bo'lgan Gennadiy Aleksandrovich Krasnickiy xotirasi uchun tashkil etilgan ananaviy xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.
“NIK-Qora buloq” (CHimkent, Qozog'iston) jamoasi musobaqada g'olib chiqdi.

Yildan-yilga musobaqa rivojlanib bormoqda. Gennadiy Krasnickiy nomi berilgan stadion Qozog'iston va O'zbekistonning yosh futbolchilarini qabul qildi. 18-marta o'tkazilayotgan musobaqa doim do'stlik ruhida bo'lib o'tadi va yoshlar o'rtasida ancha nufuzli sanaladi. Ushbu musobaqaning tashkilotchilari O'FF faxriylar kengashi (N.J.Jalolov), Krasnickiy nomidagi stadion rahbarlari (A.A.Loshchinin) va Gennadiy Krasnickiy oila azolari bo'lishdi. Tashkilotchilar ushbu musobaqa bolalar uchun haqiqiy bayramga aylanishiga harakat qilib kelishmoqda. Musobaqa oldidan delegaciya rahbarlari, murabbiy va jamoa vakillari Gennadiy Aleksandrovich Krasnickiy qabriga gullar qo'yishdi...

Bu yilgi musobaqada 2003-2004 yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat bo'lgan 12ta bolalar-o'smirlar maktablari jamoalari ishtirok etdi. Faxriy mehmonlar orasida N.Jalalov; E.B.Valickiy; G.V.Ermakov; A.R. Imomxo'jaev; R.T.Inileev; V.Kapustyanskiy; A.Nikitin; A.SHkandin; V.SHamsimuhammedov; A.A.Loshchinin, N.N Krasnickaya (Krasnickiyning bevasi); E.A.Krasnickaya (qizi) va eng yosh mehmon sifatida uning nabirasi – Sulton Al Mansuri qatnashishdi.

Guruh g'oliblari faqat so'nggi turga kelib aniqlandi.  Bronza medallari uchun kurash ham ancha qizidi.  Bu huquqni BO'SM-3 (Toshkent vil.) va Olmaliq (Toshkent vil.) jamoalari qo'lga kiritishdi. Bahsning asosiy vaqti durang bilan tugadi…  Penaltilar seriyasida omad olmaliqliklarga kulib boqdi - 4-3.

Finalga qadar barcha o'yinlarni g'alaba bilan tugatgan NIK-Qora buloq (CHimkent, Qozog'iston) va Toshkentning BO'SM-24  jamoasi etib keldi. Keskin kurashlar ostida o'tgan bahsda qozog'istonliklar kichik hisobda g'alaba qozonishdi.

Musobaqa yopilishi arafasida Axbor Imomxo'jaev yosh futbolchilarga afsonaviy Krasnickiyning hayoti va faoliyati haqida gapirib berdi. Bunday musobaqalar bolalar sporti rivojlanishi va yosh avlodni tarbiyalash yo'lida xizmat qilishini malum qildi.

NIK-Qora-buloq bosh murabbiyi Saidmurod Tashmetov Markaziy Osiyoda bolalar futbolining rivojlanayotgani va qo'shni respublikalar o'rtasidagi do'stlik rishtalari yanada mustahkamlanishini aytib o'tdi.

Musobaqa tashkilotchilari kuboklar, medallar, maxsus sovg'alar tayyorlab qo'yishdi. Kuchli uchlikka kira olmagan jamoalarning barchasiga Gennadiy Krasnickiy tasviri tushirilgan sovg'alar taqdim etildi. Tantanali yopilish marosimida Nadejda Krasnickaya, Narimon Jalolov, Evgeniy Valickiy, Gennadiy Ermakov, Rauf Inileev, Vitaliy Kapustyanskiy ishtirok etishdi.

Musobaqa so'nggida tashkilotchilar va hakamlar tomonidan eng yaxshilar aniqlandi:
Eng yaxshi darvozabon – Muhammadali Rajabov, Sitora (Buxoro).
Eng yaxshi himoyachi – Otabek Anvarov, Olmaliq (Toshkent vil).
Eng yaxshi yarim himoyachi – Bekjon Karimjonov, BO'SM-3 (Toshkent vil).
Eng yaxshi hujumchilar – Asqar Mirjamolov, Kamron Omonov BO'SM-24 (Toshkent).
Eng yaxshi to'purar – Jamshid Yusantaev, NIK-Qora buloq (CHimkent, Qozog'iston).

Tomoshabinlar mehri sovrini Gennadiy Krasnickiyning nabirasi Sulton Al Mansuriga topshirildi.  Ularning barchasiga sovg'alar topshirildi. Yosh futbolchilarning xursand nigohlarini kuzatish yoqimli edi.

Championat.asia sayti uchun maxsus
Mavlon SHukurzoda, Interfutbol muxbiri.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика