Kovalenko eng yaxshi natija ko'rsatdi
06 jan 2014 17:29
Yangiliklar

Kovalenko eng yaxshi natija ko'rsatdi
Bir oy davomida mamlakatimizning birinchi raqamli nazoratchi hakami, FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev Xalqaro futbol federaciyalari Associaciyasi tomonidan BAAda tashkil etilgan seminarda ishtirok etib qaytdi.
Biz safar taasurotlari xususida Farhod akadan qisqacha intervyu oldik.
- Farhod aka, BAAdagi seminar haqida batafsil malumot bersangiz. Kimlar ishtirok etdi? Qanday maruzalar bo'ldi?
- BAAdagi seminarda 97 nafar OFK bosh hakamlari hamda referi yordamchilari ishtirok etdi. Bu OFKning birinchi loyihasi edi. CHunki, shu paytgacha hakamlar va yordamchi hakamlar alohida-alohida seminarlarda qatnashishardi. Ushbu seminarda offsayd, yani o'yindan tashqari holatni, to'pni qo'l bilan o'ynalgan vaziyatlar, o'yin qoidasini buzish darajasi, jarima maydonchasi ichidagi qoida buzishlar kabi so'nggi paytlarda etiroz va munozaralarga sababchi bo'layotgan ko'plab mavzular muhokama qilindi. Sariq va qizil kartochkalar ko'rsatish bo'yicha oldindan tayyorlangan maxsus video materiallar namoyish etildi. Tabiiyki, nazariy darslardan tashqari fitness test va jismoniy mashg'ulotlar ham o'tkazildi. Seminar davomida hakamlarga beshtadan test savollari berildi. Etiborga molik jihati, mazkur test savollari bo'yicha bizning hakamlar birinchi o'rinni egallashdi. Bundan tashqari, hakamlarimizning fitnes-test va boshqa mashg'ulotlarda ham yuqori darajada ishtirok etganini aytish joiz. Video-test hamda qonun-qoidalarni o'z ichiga olgan testlar bo'yicha ham o'zbekistonlik hakam Valentin Kovalenko eng yaxshi natijani qayd etdi va eng yuqori ball to'pladi.
Kamoliddin Alimov.

Fikrlar