Kovachning jahli chiqmoqda
20 okt 2019 13:41
Yangiliklar


Kovachning jahli chiqmoqda
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach "Augsburg"ga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yinni juda yomon boshladik. Bu holat bizda boshqa bo'lmasligi kerak. O'yinning 5-daqiqasidan o'ynashni boshlamasdan, yuqori koncentraciya bilan boshlash lozim. Undan keyin, haqiqatdan ham biz o'yinni nazorat qildik, biroq vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Agarda shunday vaziyatlardan foydalana olmasang, ikkinchi golni o'tkazib yuborishga haqqing yo'q.
Ikki zarba, ikki gol - bu mening jahlimni chiqaryapti. Biz o'zimizni o'zimiz jazoladik. Yaxshi o'yinimiz ham buzilib ketdi. G'alaba qo'ldan chiqarilganidan ham yomon Zyulening jarohati bo'ldi. Ammo kelajakka yaxshi nigoh bilan qarash kerak. O'yinimiz yaxshilanib boryapti", - dedi Kovach
O’xshash yangiliklar

Fikrlar