Koutinoning maqsadi jiddiy. U tatilni erta tugatdi va "Barsa" bilan mashg'ulotlarni boshlab yubordi
04 sen 2020 13:45
Yangiliklar
Koutinoning maqsadi jiddiy. U tatilni erta tugatdi va "Barsa" bilan mashg'ulotlarni boshlab yubordi
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Bavariya"dagi ijaradan so'ng Kataloniya klubiga qaytdi.
28 yoshli xavbek mavsumoldi tayyorgarlik uchun jamoaga qo'shildi. Braziliyalik futbolchiga mavsumni kechroq yakunlagani uchun 8 sentyabrga qadar tatil berilgan edi, ammo u "Barselona"ga ertaroq qo'shildi va mashg'ulotlarni boshladi.
Mundo Deportivo'ning xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman Koutinoga ishonch bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, ECHL chorak final doirasidagi "Bavariya" va "Barselona" o'rtasidagi o'yinda Filippe Kataloniya jamoasiga 2ta gol urgan edi.
Fikrlar