

Nashr xabariga ko'ra, futbolchining xizmatlariga “Manchester Siti” qiziqish bildirmoqda. Ilgariroq 27 yoshli futbolchi “Barselona”ga moslasha olmayotganligi bois vaziyatni o'zgartirish niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Bu haqda u o'z agenti va ko'k-anorranglilar klubi rahbariyatini ma'lum qilgan.
Yakunlangan mavsumda Koutino kataloniyaliklar safida 54 ta bellashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining jamoasi bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amalda bo'ladi. Futbolchining transfer bozoridagi narxi ayni kunda 100 million evroni tashkil etadi.



