Koutino, Neymar va Gabriel Jezus Braziliya terma jamoasidan chaqiruv oldi
20 okt 2017 23:59
Yangiliklar
Koutino, Neymar va Gabriel Jezus Braziliya terma jamoasidan chaqiruv oldi
Braziliya terma jamoasi murabbiylar shtabi Yaponiya (10 noyabr) va Angliya (14 noyabr) terma jamoalariga qarshi o'yinlar uchun tarkibni elon qildi.
Ushbu ruyxatdan 25 nafar futbolchi joy oldi.
Darvozabonlar: Alisson (Roma), Kassio (Korintians), Ederson (Manchester Siti);
Himoyachilar: Aleks Sandro (Yuventus), Marselo (Real), Danilo (Manchester Siti), Jemerson (Monako), Dani Alves, Markinos, Tiago Silva (hammasi – PSJ), Miranda (Inter);
Yarim himoyachilar: Kazemiro (Real), Diego (Flamengo), Fernandino (Manchester Siti), Juliano (Fenerbaxche), Paulino (Barselona), Filippe Koutino (Liverpul), Renato Augusto (Beyczin Guoan), Villian (CHelsi);
Hujumchi: Diego Souza (Sport Resifi), Duglas Kosta (Yuventus), Gabriel Jezus (Manchester Siti), Roberto Firmino (Liverpul), Neymar (PSJ), Tayson (SHaxter).
Fikrlar