Koutino: "Messiga keyingi o'yinda yordam beramiz"

Mirjalol Normatov
11 mar 2018, 15:30
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Malaga"ga qarshi o'yindan keyin Leo Messini uchinchi farzandi tug'ilgani bilan tabrikladi.

Shu sababli argentinalik futbolchi o'yinni o'tkazib yubordi.

"Leo - dunyoning eng yaxshi futbolchisi, uning yo'qligi har doim seziladi. Uning hayotida yana bir muhim voqea sodir bo'ldi. Uning yana bir farzandli bo'lganini nishonlash uchun keyingi o'yinda bunga yordam beramiz", - dedi Koutino.

"Barselona"ning keyingi uchrashuvi YCHL 1/8 finali doirasida "Chelsi"ga qarshi bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca