Koutino: "Bavariya" xuddi oiladek, avvalgi klublarda bunday emas edi”
17 sen 2019 00:35
Yangiliklar
Koutino: "Bavariya" xuddi oiladek, avvalgi klublarda bunday emas edi”
Bavariyada ijara asosida harakat qilayotgan Filipe Koutino myunxenliklardagi muhit haqida gapirdi.
“Kundan-kunga o'zimni juda yaxshi his etmoqdaman, men baxtliman. Avvalgi klublarimga nisbatan «Bavariya» xuddi oiladek. «Liverpul»da ham muhit ijobiy edi, lekin, bu erda yaxshiroq. Tiago (Alkantara) portugalcha so'zlasha oladi. U jamoadagi ilk kunlarimda menga yordam berdi, ayniqsa, suhbat borasida. Nemis tili ancha murakkab! Biroq, uni o'rganishni maqsad qilib qo'ydim. Klubning ayrim azolari ham portugalchada gaplashadi, bu esa faoliyatimni osonlashtiradi”, – deydi Filipe.
Fikrlar