Koul: "MYU APLni yutishi uchun 30 mavsum kerak emas"
04 mar 2020 22:20
Yangiliklar


Koul: "MYU APLni yutishi uchun 30 mavsum kerak emas"
"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Endi Koul "qizil iblislar"ning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.
"Futbolda yutuqlar ham, muvaffaqiyatsizliklar ham davriydir. Jamoani ser Aleks Fergyusondan keyin qabul qilib olish har qaysi murabbiy uchun nihoyatda qiyin bo'lishi aniq edi. SHaxsan o'zim buni xohlamasdim.
Keyinchalik jamoa og'ir sinovlarga duch keldi, xatolarga yo'l qo'yildi, murabbiylar almashinuvi va hokazolar. Boshqa tomondan olib qarasan "Liverpul"ning Angliya chempioni bo'lishi uchun 30 yil kerak bo'ldi. "Manchester Yunayted"ga yil kerak bo'ladi deb o'ylamayman. Ammo tan olish kerak, hozir "Liverpul" va "Manchester Siti"dan ancha orqadamiz.
Jamoadagi barcha kamchiliklar bartaraf etilib, bo'shliqlar yopilsa, hammasi iziga tushib ketadi", – dedi Koul "Counter Attac" podkast dasturida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar