Kosta-Rika Suvonda shug'ullanyapti
25 sen 2022 15:20
Yangiliklar


Kosta-Rika Suvonda shug'ullanyapti
Terma jamoamiz Koreyadagi dastlabki o'rtoqlik o'yinida Kamerunni 2:0 hisobida taslim etdi, SHarqiy Osiyodagi ikkinchi raqibimiz SHimoliy Amerikadan tashrif buyurgan Kosta-Rika bo'ladi.
Luis Fernando Suares boshchiligidagi Kosta-Rika terma jamoasi ham o'rtoqlik o'yini o'tkazishga ulgurdi. Ular Janubiy Koreyaga qarshi bahs o'tkazib, 2:2 hisobida durang qayd etishdi. Seul shahridagi uchrashuvdan so'ng Kosta-Rika jamoasi O'zbekiston bilan bo'ladigan bahs uchun Suvonga etib keldi. SHimoliy amerikaliklar kecha "Suwon World Cup" stadioni yonida joylashgan mashg'ulot maydonida shug'ullanishdi.
Kosta-Rika safida jarohatlanganlar yo'q, barcha futbolchilar mashg'ulotda to'liq qatnashishdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Kosta-Rika uchrashuvi 27 sentyabr Toshkent vaqti bilan 11:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar