Kosta-Rika bosh murabbiyi: "Jamoa asliga qaytdi"
27 noy 2022 22:23
Yangiliklar


Kosta-Rika bosh murabbiyi: "Jamoa asliga qaytdi"
Kosta-Rika terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Fernando Suares JCH-2022 guruh bosqichi 2-tur uchrashuvida jamoasining Yaponiya ustidan qozonilgan g'alabasidan (1:0) xursand.
"Biz hamon pley-offga chiqishni orzu qilyapmiz. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Eng muhimi, futbolchilar o'z qobiliyati bilan g'alaba qozonish uchun barcha ishni amalga oshirdi. Kosta-Rika yana asliga qaytdi", — dedi Suares.
Kosta-Rika 3 ochko bilan "E" guruhida uchinchi o'rinda bormoqda. Uchinchi turda Yaponiya terma jamoasi Ispaniyaga, Kosta-Rika esa Germaniyaga qarshi bahs olib boradi. Har ikki o'yin 1 dekabrdan 2 dekabrga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar