Kosta-Rika bosh murabbiyi hakamlikdan norozi bo'ldi
06 iyu 2014 12:51
Yangiliklar
Kosta-Rika bosh murabbiyi hakamlikdan norozi bo'ldi
Kosta-Rika terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Luis Pinto JCH-2014 chorak finali doirasidagi Gollandiyadan qabul qilib olingan mag'lubiyat (penaltilar seriyasida)dan so'ng hakamlik borasida etiroz bildirdi.
Uning fikricha, mundial bahslarining 4 ta vaziyatida hakamlar Kosta-Rika foydasiga penalti belgilashmagan.
“Italiya bilan o'yinda yuz foizli penalti belgilanmadi. Keyin shunga o'xshash holat Greciya bilan uchrashuvda sodir bo'ldi. Bugun esa ikki bor 11 metrli nuqtadan jarima to'pini tepishimiz kerak edi. Hakamlik yaxshi bo'lmadi.
O'ylashimcha, ko'pchilik bu fikrimga qo'shiladi. Jiddiy xatolarga yo'l qo'yildi. FIFA bu masalada o'ylab ko'rishi kerak. Men hakamlarga hurmat bilan yondashaman. Lekin jiddiy xatolar bo'ldi”, - deya Pintoning so'zlaridan iqtibos keltiradi Goal.

Fikrlar