Kosta "Atletiko" bilan xayrlashdi
31 dek 2020 00:04
Yangiliklar
Kosta "Atletiko" bilan xayrlashdi
Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin futbolchi Madrid rahbariyatidan 2021 yil 30 iyungacha mo'ljallangan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni so'ragan edi.
"Bugun aralash tuyg'ular kuni. Men bir vaqtning o'zida ham xursandman, ham xafaman, chunki men "Atletiko" bilan xayrlashmoqdaman. Oilamni tark etish juda achinarli, men uning bir bo'lagi edim. Bu oila mening hayotimda mavjud bo'lganidan baxtiyorman.
Turlicha va juda qiyin damlarni boshdan kechirdim, o'shanda faqat jamoadoshlarim, shifokorlar va ishchilar tufayli buni engdim. "Atletiko" kabi katta klub tarixida iz qoldirishga muvaffaq bo'lganimdan shodman.
Barcha muxlislarga katta rahmat. Men yangi chaqiruv va sinovlar tomon yuryapman", – deb yozdi Diego Kosta Instagram'da.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar