So’nggi yangiliklar

12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  1 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  9 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  7 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15

Kosmin Olario: "Lokomotiv" bilan o'yinni 0:1 hisobi bilan boshladik" Yangiliklar

Kosmin Olario: "Lokomotiv" bilan o'yinni 0:1 hisobi bilan boshladik"

"Lokomotiv" - "Al Ahli" o'rtasidagi Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichi 2-tur uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Kosmin Olario matbuot-anjumanida qatnashdi.
"Uchrashuvni 0:1 hisobi bilan boshladik desak ham bo'ladi. CHunki tezkor gol o'tkazib yubordik. SHu bois barcha rejalarimiz o'zgarib ketdi. Biz o'zimizga kelishga harakat qildik. Xatodan so'ng ikkinchi golni ham o'tkazib yubordik. SHundan so'ng biz o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. Bu bahs bizga dars bo'ldi. Bugungi g'alaba bilan "Lokomotiv"ni tabriklayman. Endi etiborni "Al Taavon" bilan bahsga qaratamiz", - deydi Kosmin Olario.

- 10 va 99-raqamdagi futbolchilarni qurolsizlantirgach jamoaning o'yini chiqmadi. Bunga qanday qaraysiz?
- Garchi raqib o'yinchilari bu ikki futbolchini yopib qo'yishgan bo'lsa ham biz vaziyat yaratdik. Bundan muammo bo'lmadi.

- Ahmad Halil Toshkentga keldi lekin maydonga tushmadi. Bunga sabab nima?
- Uni maydonga tushirishga urindik. Ammo jarohati bunga imkon bermadi.

- Ismoil Hammadi ham maydonga tushmadi...
- Ismoil esa oxirgi o'yinlarda yaxshi o'ynay olmayapti. Qachon o'ziga kelsa shunday maydonga tushadi.

- "Istiqlol" va "Lokomotiv"ning farqini ayta olasizmi?

- Ikkala jamoa ham yaxshi jamoa. Ularning farqi "Al Ahli" bo'ldi. "Istiqlol"ni mag'lub etdik, "Lokomotiv"ga esa yutqazdik.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика