Koselni: "Gol bo'lgan vaziyatda qo'l bilan o'ynadimmi, yo'qmi, bilmayman"
04 okt 2016 11:53
Yangiliklar
Koselni: "Gol bo'lgan vaziyatda qo'l bilan o'ynadimmi, yo'qmi, bilmayman"
"Arsenal" himoyachisi Loran Koselni "Byornli"ga qarshi bahsning 93-daqiqasida urgan goli haqida fikr bildirdi.
"O'ng oyog'im bilan zarba bermoqchi edim, keyin to'p qaerga uchganini ko'rganim yo'q. To'pga qo'lim bilan tegdimmi, yo'qmi, hozirgacha bilmayman. Ammo hakam golimni hisobga oldi va biz bu qarorni hurmat qilishimiz kerak. O'yin qiyin bo'ldi. G'alaba qozonishga intildik va harakatmiz uchun taqdirlandik" - deydi Koselni.
Fikrlar