Korrea Oblakka "CHelsi" qiziqayotgani haqida: "Yanga boshqa katta klub kerak emas, sababi u allaqachon "Atletiko"da"
01 avg 2020 12:26
Yangiliklar
Korrea Oblakka "CHelsi" qiziqayotgani haqida: "Yanga boshqa katta klub kerak emas, sababi u allaqachon "Atletiko"da"
"Atletiko" hujumchisi Anxel Korrea jamoadoshi Yan Oblakka "CHelsi"dan qiziqish bo'layotgani haqida gapirdi.
"CHelsi" darvoza chizig'ida muammolarga duch kelmoqda. Klub Kepani sotib, bu pulni yangi xaridga sarflamoqchi va bu o'rinda "Atletiko" darvozaboni Yan Oblakning nomi ko'p yangramoqda.
"Men u kabi darvozabon ko'rmaganman. Biz uning oldimizda ekanligidan mamnunmiz. Oblak bizga xavfsizlik beradigan darvozabondir. Yan "Atletiko"da baxtli. U Madridni sevadi. Klub unga barcha kerakli narsalarni beradi.
Yanga "CHelsi" kerak emas. Eng katta klublar uni xohlashadi, Oblakka esa ular kerak emas, sababi u allaqachon "Atletiko"da. London klubi unga "Atletiko" berayotgan narsani bera olmaydi", - deb ishonch bilan gapirdi Korrea.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko"ning sloveniyalik posboni dunyoning eng qimmat darvozaboni hisoblanadi.
Fikrlar