So’nggi yangiliklar

08:26Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди  1 08:00ПСЖ — «Боруссия» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  5 07:32Эрон чемпионати. Остон рамзийдан жой олди, Машариповчи?  2 07:07Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  4 06:20Чемпионлар лигаси 1/2 финал. ПСЖ - "Боруссия Д" 0:1  2 06:127та гол урилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 01:53ЕЧЛ. "Боруссия" жавоб ўйинида ҳам ПСЖни мағлуб этиб, дастлабки финалчига айланди  89 01:19Месси тарихда голлар ва ассистлар бўйича пента-трикка эришган биринчи футболчига айланди  42 00:54Агуэро бўлажак АПЛ ғолибини тахмин қилди  3 00:25Испаниялик футболчи юрак хуружига учраган мухлис сабабли ўйинни тўхтатишни сўрагани учун майдондан четлатилди  1 00:06БАА Про лигаси. Эркинов 68 дақиқа ўйнаган баҳсда "Ал Ваҳда" ғалаба қозонди  0 23:48"Ланс" ҳимоячиси ўғрилик қурбони бўлди  2 23:31БМТ 25 майни Бутунжаҳон футбол куни деб эълон қилди  3 23:14Мбаппе Усэйн Болтни пойгага чорлади  1 22:52Миржалол Қосимов: "Клубда ҳеч ким абадий эмас, мен ҳам қачондир кетаман"  9

"Korostichenkoning "Lokomotiv"ga tayinlanishi? Bizdan ham Nagelsmann chiqishini istaymiz" - To'labek Akramov Yangiliklar

"Korostichenkoning "Lokomotiv"ga tayinlanishi? Bizdan ham Nagelsmann chiqishini istaymiz" - To'labek Akramov

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi rahbariyati o'tgan mavsum yakunlangach bir qator o'zgarishlarga qo'l urdi.

Jamoa bilan bir mavsum faoliyat olib borgan portugaliyalik Mikael Sekeyra bilan hamkorlikni davom ettirmaydigan bo'ldi. Endilikda uning o'rnida yosh murabbiy Denis Korostichenko faoliyat olib boradi. Unga yaqinda butsalarini mixga ilgan Akmal SHorahmedov ko'maklashadi. Tarkib ham nisbatan yoshartirilayotganini yangi kelayotgan futbolchilardan bilish qiyin emas. Mazkur mavzular yuzasidan "Lokomotiv" bosh menejeri To'labek Akramovni suhbatga chorladik. 

- Dastlab murabbiylar shtabidagi o'zgarishlarga to'xtalib o'tsangiz. Bunday qarorga qanday qilib qabul qilindi?

- Hammasi oddiy. Rahbariyat tomonidan jamoani yoshartirish bo'yicha vazifa berilgan edi. Mikael Sekeyraning keyingi mavsumda ishlamasligi aniq bo'lib ulgurgandi. Uning jamoada qolmasligi oydinlashgach o'zimizdan murabbiy izlashga kirishdik. Yakunda Denis Korostichenkoga ishonch bildirishga qaror qildik. Ushbu murabbiy avval Timur Kapadze bilan, keyin Mikael Sekeyraning yonida etarlich tajriba to'pladi. To'g'ri murabbiy - yosh. Lekin qachondir yoshlarga ham imkoniyat berish kerak-ku. Hazil qilib aytganda, bizdan ham Nagelsmann chiqishini istaymiz. Umid qilamanki, Korostichenko bildirilgan ishonchni oqlaydi. Rahbariyat tomonidan barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qilamiz. 

- Mikael Sekeyraning ketishi nima bilan bog'liq? Balki murabbiy va klubning qarashlari bir-biriga to'g'ri kelmadimi?

- Uning jamoamizni tark etishi ochig'ini aytganda oilaviy sabablar bilan bog'liq. CHunki bir yil oilasidan uzoqda yashadi. Toshkentga oilasini olib kelishni istadi, lekin hujjat bilan muammolar bo'ldi. Ikkinchidan kichkina bolasi bor edi.  

- Avvalgi yillarga nisbatan klub tayyor va nomdor futbolchilarni emas, ko'proq o'sish jarayonidagi futbolchilarni qo'shib olmoqda...

- Jamoani ancha yoshartirmoqdamiz. Asosiy maqsadimiz ularni shakllantirib yaqin 2 yilda chempionlik uchun kurashadigan jamoaga aylantirish. 

- Bu mavsum qishda xorij yig'in o'tkazishga ehtiyoj sezilmadimi?

- Hozir o'zimizda ham sharoitlar yaxshi. Yoshlarni endi shakllanmoqda. Toshkent yoki Turkiya buning katta farqi yo'q. Bu narsa boshimizdan o'tgan. O'zingiz ham ko'ryapsiz, yig'inlarda ko'p yoshlar ko'rikdan o'tyapti. 

- Denis Korostichenkoga oxirigacha imkoniyat beriladimi? Ko'pincha natija bo'lmasa, murabbiyni ishdan olish holatlari uchraydi...

- Biz har tomonlama hisobga olgan holda bu qarorga keldik. Yosh tarkib va yosh murabbiylar birga ishlab mustahkam jamoaga aylanadi, deb o'ylayman.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика