So’nggi yangiliklar

18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  0 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  7 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   6 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  1 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  6 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2

Koronavirus Xitoy futboliga qanday tasir ko'rsatmoqda? Yangiliklar

Koronavirus Xitoy futboliga qanday tasir ko'rsatmoqda?

Teglar :  Xitoykoronavirus
Yaxshi bilasiz, oxirgi paytlarda Xitoyning Uxan shahrida paydo bo'lgan koronavirus atamasi jahon matbuotidan tushmay qoldi.

Bu esa o'z navbatida nafaqat odamlarning turmush tarziga, balki Xitoy futboliga ham katta tasir o'tkazyapti. Quyida ushbu "ko'rinmas ajal"ning sportga o'tkazayotgan tasiri haqida to'xtalamiz. 

Superkubok qoldirildi 

5 fevral kuni chempion "Guangju Evergrand" hamda Kubok sohibi "SHanxay SHenxua" o'rtasida Superkubok bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgandi. Superkubok sharqiy Xitoydagi Jiangsu provinciyasida joylashgan Suju shahrida o'tkazilishi reja qilingan hamda shu o'yin bilan yangi mavsumga start berish kutilgandi. 

Lekin mamlakatda tarqalgan koronavirus sabab Superkubok nomalum muddatga qoldirildi. Xitoy futbol associaciyasi bu haqda shunday bayonot berdi: "Keng jamoatchilikning bir joyda to'planishiga hukumat tomonidan ruxsat berilmayotgani sababli Superkubok nomalum muddatga qoldirildi. O'yin qachon va qaerda bo'lib o'tishi associaciya tomonidan keyinroq malum qilinadi". 

Klublar dastlabki 3 turni safarda o'tkazadi 

Aynan koronavirus sabab OFK Xitoy klublari OCHLdagi dastlabki uchta turni safarda o'tkazishini malum qildi. Bu yilgi Osiyo chempionlar ligasida Xitoydan "Beyjing FK", "SHanxay SHenxua", "Guangju Evergrand" hamda "SHanxay SIPG" ishtirok etadi. 

Hozircha to'rttala jamoa ham dastlabki 3 turni safarda o'tkazishi aniq bo'lib ulgurdi. Qolgan uchta tur ham safarga ko'chirilishi mumkin. CHunki OFK bergan malumotda 4,5,6-turlar qaerda bo'lib o'tishi vaziyatga qarab oydinlik kiritiladi deyilgan. 

Superliga qachon start olishi nomalum 

Xitoy Superligasi aslida 22 fevraldan boshlanishi lozim edi. Lekin tushunarli sababga ko'ra, yangi mavsum starti nomalum muddatga qoldirildi. Endi katta ehtimol bilan Superliga bahslariga bahorda start beriladi. 

Mamlakat sport vazirligi bu borada shunday chiqish qildi: "Xalqimiz salomatligini o'ylab barcha sport turlaridagi xalqaro va ichki musobaqalarni aprel oyiga qadar to'xtatib turamiz". 

Voqealar qanday tus olyapti? 

- Koronavirus alomatlari Xitoydan tashqari AQSH, Kanada, Franciya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tailand va Singapurda ham ko'rina boshladi. 

- Xitoy hukumati Uxan va Xuangan shaharlarini yopib qo'yishdi. Mamlakatning katta qismi izolyaciya holatiga tushgan. Ko'plab restoran va kinoteatrlar yopilib, ular o'rniga kasalxonalar qurilyapti. 

- 26 yanvar kuni Xitoy futbol associaciyasi ayollar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlariga saralash bosqichi Xitoydan Avstraliyaga ko'chirilishini rasman malum qildi. 

- 3-9 fevral kunlari Xitoy, Avstraliya, Tailand va Xitoy Taypeyi o'rtasida futbol bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tishi lozim edi. Bu o'yinni ham Xitoyda o'tkazish bekor qilindi. 

- Xitoyning Dunguan shahrida tennis bo'yicha Federaciya Kubogi o'tkazilishi lozim edi. Bu musobaqa Qozog'istonga ko'chirildi va 4-8 fevralga belgilandi. 

- 24 yanvar kuni Xitoy basketbol federaciyasi ichki chempionat o'yinlari nomalum muddatga qoldirilganini elon qildi. 

- Koronavirus kibersportga ham katta tasir o'tkazdi. To'g'ri, internet orqali onlayn tarzda kompyuter o'yinlarini o'ynasa bo'ladi. Biroq Xitoyda kibersport LAN shaklida rivojlangan bo'lib, bunda o'yinchilar kompyuter qarshisida o'tirgani bilan ularni katta ekranlar orqali minglab muxlislar tomosha qiladi. 

- Epidemiya sabab Xitoyda ancha urf bo'lgan League of Legends chempionati hamda WESG Olimpiadasi nomalum muddatga qoldirildi. SHuningdek, Starcraft II, CS:GO, Hainan Master Spring Invitational musobaqasi ham o'tkazilmayapti. Bundan esa tashkilotchilar millionlab dollar miqdorida moliyaviy zarar ko'rgan. 

Yulduzlarga nima bo'ladi? 

Malumki, Xitoy chempionatida ko'plab yulduzlar faoliyat yuritadi. Hozirda ko'pchilik xorijlik futbolchilar mamlakatni tark etsa, chempionat qay ahvolda qolishidan sarosimaga tushgan. 

Masalan, birgina "SHanxay SIPG"da to'p tepayotgan legionerlarni olaylik. U erda Xalk, Oskar, Arnautovich, shuningdek hamyurtimiz Odil Ahmedov ham bor. Hozirda bazi OAV yulduzlar o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilish haqida o'ylay boshlaganini yozmoqda. 

"Guangju Evergrand"da bosh murabbiy sifatida Fabio Kannavaro ishlab kelmoqda, futbolchilardan Paulino va Taliska to'p tepyapti. Lekin kimda ikkita fuqarolik bo'lsa, mamlakatdan chiqib ketish oson bo'lmaydi. Masalan, o'tgan yil Xitoy fuqaroligini qabul qilib, hatto milliy terma jamoada o'ynashga ulgurgan Elkeson nima qiladi? 

Lekin hozircha fakt shuki, hech kim o'z klubini tark etgani yo'q. Hamma jimgina voqealar rivoji qanday yakun topishini kutmoqda.

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика