So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  0 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus qayd etilgan 390 nafar fuqarodan 188 nafari erkak, 202 nafari esa ayollardir Yangiliklar

Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus qayd etilgan 390 nafar fuqarodan 188 nafari erkak, 202 nafari esa ayollardir

Sog'liqni saqlash vazirligining telegramdagi rasmiy kanalida keltirilgan raqamlarni keltirib o'tamiz.

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda koronavirus infekciyasi qayd etilgan holatlar soni 390 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir.

Yosh jihatdan qaraydigan bo'lsak,

0-9 yoshgacha – 10 nafar (2,6%);
10-19 yoshgacha – 15 nafar (3,8%);
20-29 yoshgacha – 59 nafar (15,1%);
30-39 yoshgacha – 111 nafar (28,5%);
40-49 yoshgacha – 123 nafar (31,5%);
50-59 yoshgacha – 48 nafar (12,3%);
60-69 yoshgacha – 17 (4,4%);
70-79 yoshgacha – 6 (1,5%);
80 yoshdan yuqori bo'lganlar 1 nafar (0,3%)ni tashkil etmoqda.

Ayni paytda Toshkent shahrida 170 nafar koronavirus infekciyasiga chalingan bemor davolanmoqda. SHuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasida 2, Andijon viloyatida 61, Buxoro viloyatida 19, Namangan viloyatida 48, Farg'ona viloyatida 64, Xorazm viloyatida 18, Qashqadaryo viloyatida 6 hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda. Bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda.

Bemorlarning 31 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda. 9 nafarining ahvoli og'ir, undan 2 nafarining ahvoli esa o'ta og'ir deb baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, Sog'liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surushtiruv hamda koronavirus infekciyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha zarur profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика