Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus infekciyasi bilan kasallanganlar soni 65 nafarga etdi

Narzulla Saydullayev
26 mar 2020, 11:03
Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

Ayni vaqtgacha O'zbekistonda koronavirus infekciyasi bilan kasallanganlar soni yana beshtaga oshib, 65 nafarni tashkil etmoqda.

Ushbu infekciya Saudiya Arabistonida Umra safarida bo'lib qaytgan farg'onalik bemorning turmush o'rtog'i, ikki nafar farzandi va kelinida aniqlangan. Ular ayni vaqtda Farg'onadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Yana bir bemor Toshkent viloyatidan bo'lib, ayni paytda u Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin

Koronavirus Info. Nima uchun tibbiyot muassasalarida telefon vositalari olib qo'yilmoqda?

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia