So’nggi yangiliklar

16:57Виктор Осимхен: "Мен 100 млн евродан қимматман"  1 16:30Ўзбекистон терма жамоаси таркибида кичик ўзгариш  4 16:12"Реал" Карвахаль билан шартномани узайтириш бўйича музокараларни бошлайди  0 15:45Про лига 22-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди. Иккита ўйинда VAR ишлайди  0 15:26Фарғонадаги Кубок финалида ишлайдиган ҳакам Ўзбекистон МТЖ фойдасига иккита пенальти белгилаганини биласизми?  6 15:10Жалолиддин Машарипов жамоасида бош мураббий ишдан бўшатилди  1 14:48"Брест" ЕЧЛдаги 2 та ғалаба учун 4,2 млн евро олади. Бу клуб футболчиларнинг 6 ойлик маошини қоплашга етади  2 14:22"Атлетико" ҳимоячиси "Реал"га қарши ўйинда бош миясидан жароҳат олди  0 14:00Transfermarkt ва Championat.Asia Суперлигада сентябрь ойининг энг яхшиларини аниқлашди  4 13:46Самуэль Это'О 6 ойга футболдан четлаштирилди  1 13:18"Барселона"нинг ўтган мавсумдаги молиявий йўқотиш ва фойдалари маълум бўлди  5 12:50Аргентина футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Биз турнирда нафақат ўзимиз, балки Жаҳон чемпионатида тўп тепишни орзу қиладиган барча болакай, ҳаваскор ва маҳаллий футзалчи учун ўйнаймиз"  2 12:31ОЧЛ Элитда 2-тур тугади. "Пахтакор"нинг Эрондаги ўйини ҳақида  4 12:08Бразилия футзал терма жамоаси аъзоси Марсель: "Украинага қарши баҳсда Хорватия билан бўлгани каби жисмоний куч муҳим аҳамият касб этади"  0 11:48Украина ҳамда Бразилия терма жамоаси устозлари ярим финал олдидан қандай фикрда?  1

Koreyalik Myuller: Osiyoning eng qimmat futbolchisi faoliyatiga nazar Yangiliklar

Koreyalik Myuller: Osiyoning eng qimmat futbolchisi faoliyatiga nazar

Tottenxem hujumchisi Xarri Keynning jarohat olishi Son Xyun Minga qo'l kelmoqda - koreyalik futbolchi har bir uchrashuvda yorqin o'yin ko'rsatmoqda.

Bombardir.ru millionlar o'yinidagi dastlabki saboqlarni otasidan olib, hozirda butun Angliyani lol qoldirayotgan o'yinchi haqida hikoya qiladi.

Son o'smirlik chog'larida bor etiborini faqat mashg'ulotlarga qaratdi. 16 yoshga to'lgach, Gamburg yoshlari safiga qo'shilib, keyinchalik Bayerga ko'chib o'tdi. Germaniyadagi muvaffaqiyatli faoliyati samarasi o'laroq, Tottenxemdan taklif oldi. SHu tariqa Xyun Min Osiyo futboli tarixidagi eng qimmat o'yinchiga aylandi. U hozir shporlar tarkibida shu qadar porlayaptiki hatto, bazan Xarri Keynning xizmatlariga ehtiyoj tug'ilmayapti.

Janubiy Koreyaning CHxunchxon shahri guruchi, soya o'simligi hamda budda ibodatxonalari bilan dong taratgan. Bu erga sayyohlar tez-tez tashrif buyurishadi. SHaharda istiqomat qiladigan 200 mingdan ko'proq aholi hamyurtlarining Evropa futboli yulduzlaridan biriga aylanishini xayollariga ham keltirishmagan, chunki bu o'lka muvaffaqiyatlarga ko'nikmagandi.

Son bo'sh vaqt tug'ilishi hamono yashil maydonga shoshar, Seulning yoshlar jamoasi mashg'ulotlari yakunlanganidan keyin ham qo'shimcha tarzda shug'ullanardi. U futbol o'ynashni klub safiga qo'shilishidan avval boshlagan. Otasi kuniga ikki mahal mashg'ulot o'tkazar, kerakli harakatlar, texnika va intizom bo'yicha saboq berardi. Bu say-harakatlar kelgusida Xyun Minning faoliyatida asqotdi. 16 yoshida Gamburg yoshlar jamoasidan taklif tushgach, bajonidil Germaniyaga yo'l oldi.

- Futbol maydoni tashqarisida do'stlarim yo'q edi. SHu bois, atrofimdagilar bilan muloqot qilishga qiynalganman. CHunki asosiy vaqtimni shug'ullanishga sarflagandim, - deydi Son.

2010 yilning yozida Xyun Min Gamburg yoshlar jamoasida 10ta gol urdi. SHunga qaramay, klub rahbariyati koreyalik yangi shartnomaga arzirli ish qilmadi, deb hisoblagan. Natijada qahramonimiz kichik sayohat uyushtirib, Boxum, Blekbern va Portsmut ko'rigidan o'tishni maqul ko'rdi, biroq til bilmasligi va mahalliy mentalitetni tushunmasligi tufayli Angliyaga ko'chib o'tishni kechroqqa surdi. Bu bejiz emasdi, albatta. Gamburg Sonning Janubiy Koreya o'smirlar termasi safidagi o'yinlarini kuzatgach, qarorini o'zgartirib, uni asosiy jamoaga jalb etdi. O'shanda u 18 yoshga to'lgandi. Muvaffaqiyatli kunlarga jarohat soya soldi - Xyun Min to'pig'i lat eyishi munosabati bilan bir necha oyni maydondan chetda o'tkazishga majbur bo'ldi. SHunga qaramay, qaytishi omadli tarzda kechdi - kuzda Kyoln darvozasini ishg'ol qilib, klub tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Buning samarasi o'laroq, Gamburg rahbariyati koreyalik bilan yangi shartnoma tuzib, amaldagi kelishuv muddatini 2014 yilgacha cho'zdi.

Tez orada Songa Osiyoning XX asrdagi eng yaxshi o'yinchisi, Bayer afsonasi CHxa Bom Ginning vorisi sifatida qaray boshlashdi. Ekspertlar Xyun Minning universallik salohiyatiga yuqori baho berishdi, uning bir va ikki forvardli taktika sxemaga birdek mos tusha olishi etirof etildi. Ko'pchilikni uning har ikki oyoqda birdek to'p surishi, qoyilmaqom driblinglari va maydonda bor kuchi bilan o'ynashi lol qoldirdi. qahramonimiz esa o'zidagi xususiyatlar haqida shunday deydi:

- qaysi poziciyada o'ynashimning ahamiyati yo'q. Asosiysi - maydonga tushish. Murabbiy qanday topshiriq bersa, shuni bajaraman. Hujum - eng yaxshi ko'rgan chizig'im.

Keyinchalik unga Koreyalik Myuller nomi berildi, vaholanki, Son hamyurtining izidan ketayotgandi.

2013 yili Bayer Xyun Minni 10 million evro evaziga sotib olgani haqida xabar berdi. Futbolchining o'zi dinozavrlar safini tark etishini shunday izohladi:

- Kuchliroq klubda o'ynashni xohlayman. Gamburg evrokuboklarda qatnashishga davogar emas, Bayerda esa, aksincha, buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Oradan bir necha oy o'tgach, Son sobiq klubiga qarshi bahsda xet-trik muallifiga aylandi, jamoalar esa o'shanda ochiq o'yin ko'rsatib, umumiy hisobda 8ta gol urishgandi. Yakunda uchrashuv leverkuzenliklar ustunligida yakunlandi - 5:3. Xyun Min muntazam ravishda maydonga tushib, jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. Muvaffaqiyatli o'tgan ikki yarim mavsumdan so'ng Bayerda uzoq ushlanib qololmasligini tushundi. Zero, Evropa arenalari yulduzini uzishga ulgurmagan, nafaqat klubni, balki chempionatni ham o'zgartirish vaqti kelgandi.

Yozda Tottenxem koreyalikni 30 million evro evaziga sotib olgach, Son Osiyo futboli tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi. SHporlar bilan 2020 yilgacha shartnoma imzolagach, ushbu kelishuvdan mamnun ekanligini yashirmadi:

- Tottenxemga xos tajovuzkor o'yin menga juda yoqadi. O'ylashimcha, Pochettino qo'l ostida ochilmagan qirralarimni namoyon eta olaman.

Biroq o'tgan mavsum qahramonimiz uchun omadsiz kechdi. Son muntazam ravishda maydonga tushmas, ko'pincha foyda keltirsada, avvalgi sermahsulligi yo'qolib qolgandek edi. Boz ustiga, Pochettino uni hujumdan yarim himoyaga o'tkazish maqsadida sotib olgandi. Oldingi chiziqda Xarri Keyn borligi inobatga olinsa, bu chiziqqa davogarlik qilishi befoyda edi. Natijada koreyalik har ikki qanotda to'p surdi, bazan markazga ko'chdi. Mavsum yakunlanishi arafasida Xyun Min haqiqiy chap qanot vingeriga aylandi, uning jamoasi esa chempionatni kuchli uchlikda yakunladi. SHunga qaramay, shaxsiy muvaffaqiyatni yana biroz kutishga to'g'ri keldi. O'z navbatida, futbolchi yozda klubni tark etish haqida o'ylay boshladi. Bu haqda Pochettinoga murojaat etib, argentinalik mutaxassisdan qatiy rad javobini oldi - unga kelgusi mavsumda ko'proq maydonga tushish imkoniyati taqdim etilishi aytildi. Buni qarangki, mazkur holat kelgusidagi muvaffaqiyatlar uchun debocha vazifasini o'tadi.

Son joriy mavsum faqat uchinchi turga kelibgina maydonga tusha boshladi - ammo darhol ishga kirishib, Stok Sitiga qarshi kechgan bahsda dubl va golli pas muallifiga aylandi. SHundan so'ng Pochettino koreyalik vingerni muntazam ravishda boshlang'ich tarkibda tushirdi. Xyun Minda golni his qilishdan tashqari, aniq uzatmalar berish xususiyatlari ham shakllandi va u jamoaning muhim azolaridan biriga aylandi. Safarda Midlsbroga qarshi kechgan bahsda osiyolik legioner ikkita gol urib, ishonchli g'alabaga zamin hozirlagach, bosh murabbiy etirofiga sazovor bo'ldi:

- Xorijlik futbolchilar uchun Angliya premer-ligasiga moslashish oson kechmaydi, malum vaqt talab etiladi. Hozir Son umuman boshqa o'yinchiga aylandi - ancha chiniqdi, chempionatga ko'nikdi. qanot vingerlari gol urishgani sari, ularga barchasi osonlashaveradi, - dedi Pochettino. Argentinalik mutaxassisning fikrlari haqiqatga yaqin - Koreyalik Myuller hozircha 4ta to'p kiritib, 2ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Tottenxemda yuzaga kelgan jarohatlar epidemiyasi tufayli ECHL guruh bosqichidan o'rin olgan CSKAga qarshi bahsga shporlar deyarli ikkinchi tarkib bilan yo'l olishgandi, biroq jamoaga uch nafar kit - Alli, Eriksen va Son yordam berishdi. O'yinning 71-daqiqasida aynan koreyalik futbolchi armiyachilar posboni Akinfeev darvozasini ishg'ol qildi va shu tariqa London jamoasidagi eng muhim figuralardan biriga aylanganini yana bir karra isbotladi.

O'.UMAROV tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика