

"Temiryo'lchilar"ga ilk o'yinda Shotlandiyaning "Aberdin" klubi raqiblik qildi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan bellashuvda omad "Loko" futbolchilariga kulib boqdi va O'zbekiston chempioni raqibni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Jamoa tarkibida kiritilgan gollarga Islom To'xtaxo'jaev hamda Sherzod Karimov mualliflik qilishdi.
"Lokomotiv" o'yinni quyidagi tarkibda o'tkazdi:
1-bo'lim : I. Nesterov, K. Maxaradze, SH. Karimov, I. Aliboev, M. Bikmaev, S. Abdullaev, S. Mirzaev. I. To'xtaxo'jaev, SH. Muhammadiev, O. Zoteev, D. Barkov.
2-bo'lim : I. Nesterov, O. Zoteev, K. Maxaradze, I. Bikmaykin, S. Shoahmedov, F. Bekmurotov, A. Amonov, B. Yo'ldoshev, S. Mustafoev, M. Bobojonov, Cho S.J.



