"Ko'proq gol urishni istayman". AGMKning italiyalik hujumchisi Martin Boakening niyatlari jiddiy
06 avg 2021 10:00
Yangiliklar
"Ko'proq gol urishni istayman". AGMKning italiyalik hujumchisi Martin Boakening niyatlari jiddiy
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasi ayni paytda poytaxtimizda "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Ko'tarinki ruhda o'tgan bgungi mashg'ulotidan so'ng yozgi transferlar oynasida tarkibiga kelib qo'shilgan italiyalik hujumchi Martin Boake fikrlarini bildirib o'tdi.
"AGMKga kelganimdan juda xursandman. Bu katta oilaning azosi bo'lish ulkan masuliyat yuklaydi. Jamoa bosh murabbiyi va futbolchilar haqida ham fikrim ijobiy. Maqsadim gollarim bilan jamoamga yordam berish va muxlislarga zavq ulashish. Ko'p gol urishni istayman. Yangi jamoada debyut qilishga ham ulgurdim. Menimcha hammasi hali oldinda. "Lokomotiv" bilan bahsga tayyorgarlik juda yaxshi ketmoqda. Ushbu o'yinda g'alabani o'z tomonimizga og'dirishga harakat qilamiz",- deydi Boake.
Fikrlar