So’nggi yangiliklar

10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  1 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8

Ko'pchilik Osiyo Kubogi-2023 mezbonligi O'zbekistonga berilishini xohlayapti (So'rovnoma yakunlari) Yangiliklar

Ko'pchilik Osiyo Kubogi-2023 mezbonligi O'zbekistonga berilishini xohlayapti (So'rovnoma yakunlari)

31 may kuni saytimizda "OFK Osiyo Kubogi-2023 musobaqasiga mezbon qidiryapti" sarlavhali xabar chiqqandi.

Xabaringiz bor, kelasi yil taqvim bo'yicha OFK navbatdagi Osiyo Kubogini o'tkazishi kerak. Lekin qitamizning eng katta musobaqasi qaysi mamlakatda o'tkazilishi hamon aniq bo'lganicha yo'q. Osiyo chempionatiga Xitoy mezbonlik qilishi kerak edi, biroq ayrim sabablarga ko'ra, Xitoy mezbonlikdan voz kechdi. 

SHundan so'ng OFK barcha azo mamlakatlarga mezbonlikni olish bo'yicha rasmiy xat yubordi. Katta ehtimol bilan shu yilning kuz oylarida OFK yangi mezbon nomini elon qilishi kerak. Osiyo Kubogi taqvim bo'yicha 2023 yilning 16 iyundan 16 iyulga qadar bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan. Bunda 24ta milliy terma jamoa ishtirok etadi. 

Telegram kanalimizga "Osiyo Kubogi-2023 mezbonligi qaysi davlatga berilgani maqul?" mazmunida so'rovnoma qo'ygandik. Bugun natijalarni elon qilamiz.


So'rovnomada variant sifatida 9ta mamlakat keltirildi: Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA, Eron, Hindiston, O'zbekiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliya.

Eng ko'p ovozni tabiiyki O'zbekiston to'pladi. 16 mingdan ziyod muxlis so'rovda ishtirok etgan bo'lsa, ovoz berganlarning 60 foizi O'zbekistonni tanlagan. 

Bilasiz, ayni kunlarida yurtimizda U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tyapti. Albatta, tashkiliy ishlar OFKni qanoatlantirayotgan bo'lsa, qitaning eng nufuzli musobaqasini olish oldinga tashlangan juda katta qadam bo'ladi. Faqat biz bunga tayyormizmi? Hamma gap shunda. 

So'rovnomada keyingi o'rinni 12 foiz bilan Qatar egalladi. Yaponiya va Janubiy Koreya 6 foizdan ovoz to'plagan bo'lsa, Saudiya Arabistoni 5 foiz yig'di. Boshqa davlatlar esa ancha kam ovoz to'plagan. 

Endi savol OFK Osiyo Kubogi mezbonligini O'zbekistonga ishonib topshirsa, zo'r qilib o'tkaza olamizmi?

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика