So’nggi yangiliklar

07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2

"Ko'pchilik meni aqldan ozganga chiqarib qo'ygandi. "Milan" libosida futbolchilar hech qaysi raqibdan qo'rqmasliklari kerak" - Jampaolo ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Ko'pchilik meni aqldan ozganga chiqarib qo'ygandi. "Milan" libosida futbolchilar hech qaysi raqibdan qo'rqmasliklari kerak" - Jampaolo ishtirokidagi matbuot anjumani

Teglar :  Marko Jampaolo
"Milan" klubi kuni kecha jamoaning yangi bosh murabbiyi Marko Jampaoloni tanishtiruv marosimini o'tkazdi va matbuot anjumanida "rossonerilar" ustozi o'zining ilk fikrlarini bildirdi.

Quyida matbuot anjumanidagi eng muhim gaplarni etiboringizga havola etamiz.


"Besh yil avval men murabbiylikda hammasini boshqattan boshlagandim. Yani S Seriyadan. Ko'pchilik meni aqldan ozganga chiqarib qo'ygandi. Lekin ko'rib turibsiz, mana oradan 5 yil o'tdi va men "Milan" boshqaruvidaman", - deya kirish so'zlarini gapirdi Marko Jampaolo.


"Meni shiorim shunday: "Boshni ko'targan holda futbol o'ynaymiz". Men uchun asosiy tarkib, zaxira futbolchisi yoki kuchli va kuchsiz degan tushunchalar yo'q. Menga maqsadi yuqori bo'lgan futbolchilar kerak. Aynan shunday toifadagi futbolchilarga ishonch bildirishim mumkin. "Milan" tomoshabinlarga yoqadigan futbol ko'rsatishi kerak bo'ladi. Aniq bir maqsad yo'q. Lekin eng yuqori va maksimal maqsad sari intilamiz. SHoshilmasdan, asta-sekinlik bilan yuqoriga intilish lozim".


"Vaqt - mening yaqin sherigim va asosiy dushmanim. Bizning tarkib juda yosh. Balki chempionatdagi eng yoshidir. Muhimi, jamoa aniq maqsad sari intiladigan, "Milan"ga yarashadigan g'oliblik mentalitetini qaytarishimiz kerak bo'ladi. Maldini va Boban katta tajribaga ega va men ishonamanki, ular "Milan" klub tizimidagi faoliyatlari orqali jamoaga katta yordam berishadi. Futbolchilar "Milan" libosida o'ynashayotganidan faxrlanishlari kerak. Va yana bu libosda hech kimdan qo'rqmaslik shart".



"Hali jarayon boshlanmasidanoq mavsumdagi aniq bir maqsad haqida gapirishdan naf yo'q. Barchasi mavsum davomidagi jarayonda namoyon bo'ladi. Etakchi kim bo'ladi? Menga bir yoki ikkita etakchi emas, balki 22-23 nafar bunday sifatga ega futbolchilar kerak bo'ladi. Futbolda muhimi - jamoa. Har qanday holatda ham jamoa istalgan futbolchidan muhimroq. Menga "Milan" jamoasi uchun jon kuydiradigan futbolchilar kerak bo'ladi".


"Suso kuchli futbolchi. Menga bunday sifatdagi futbolchilar yoqadi. Ularsiz yutishning imkoni yo'q. Men maydonda jamoa joylashadigan sxemadan kelib chiqib ish qilmayman. Suso qaerda ko'proq foyda keltirishini topamiz va uni o'sha poziciyada o'ynatamiz".


"Men doim kamroq vada ber va ko'proq amalda isbotla", degan qoidaga rioya etaman. Nima qilishni vada bermasdan, ishni rejalashtirish muhimroq. SHuni vada beramanki, biz bu erda qattiq ishlaymiz. Ertalab soat 8:00da mashg'ulotga kelib va doimgidek kechqurun uyga ketaman. Men bunga vada beraman".


"Men qurayotgan futbolda asosiy rolda futbolchi bo'ladi. Sovuqqon va o'ziga ishongan futbolchilar katta sahnaga chiqadi. Buning uchun esa ular tinmay mehnat qilishi talab etiladi. Futbolchilar loyihaga, murabbiy g'oyalariga ishonishlari juda muhim".

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика