Final oldidan Braziliyada yo'qotish bor

Tolibjon Qosimov
4 iyul 2019, 12:02
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Villian Kopa Amerika-2019 finalida Peruga qarshi maydonga tusha olmaydi.

Hal qiluvchi bellashuv 7 iyul (soat 01:00da) kuni bo'lib o'tadi.

Argentinaga qarshi yarim final uchrashuvi (2:0)da "Chelsi" o'yinchisi 46-daqiqada zaxiradan maydon tushgan va o'yinning so'nggi daqiqalarida sonining orqa yuqori qismidan jarohat olgan edi.

Kopa Amerika-2019 oldidan Villian boshqa bir jarohatlangan Neymarning o'rniga chaqirilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com