Konte: "Zlatan menga kerak emas"

Mirjalol Normatov
20 okt 2019, 16:12
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Kontega shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich kerak emas.

"Zlatanni qattiq hurmat qilaman. U Italiya va dunyo futboli tarixida muhim o'rnini topa olgan juda kuchli futbolchi. Biroq biz uchun begona bo'lgan futbolchi haqida gapirish noto'g'ri. Chunki men o'z qo'l ostimdagi futbolchilar bilan faxrlanaman.

Biz uning xizmatlarisiz ham o'yinlarni yuta olishimiz mumkin. Bizga ko'proq barqarorlik kerak va shuning uchun ishlashni davom ettiramiz", - dedi Konte.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport