Konte: "Yuventus" hech narsa yaratmadi. Xandanovichning seyvlar qilganini eslay olmayman"
03 fev 2021 09:38
Yangiliklar


Konte: "Yuventus" hech narsa yaratmadi. Xandanovichning seyvlar qilganini eslay olmayman"
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya Kubogi yarim finali doirasidagi "Yuventus" (1:2)ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Aslida, biz barchasini o'zimiz qildik. "Yuventus" bizning ikki qo'pol xatomizdan foydalandi. Biz ko'p vaziyatlar yaratdik va shavqatsiz bo'lishimiz kerak edi. "Yuventus"dek jamoaga qarshi o'yinda bunday imkoniyatlardan foydalanish kerak.
O'yin ajoyib o'tdi, faqatgina natija salbiy. Bu bizni xafa qilmoqda, sababi biz bundan ko'prog'iga loyiq edik.
"Yuventus" deyarli hech narsa yaratmadi - men Xandanovichning seyvlar qilganini eslay olmayman. Agar ikkita xatomiz bo'lmaganida...", - deydi Konte.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar