Konte "Tottenxem"ning transfer siyosatidan norozi

Alisher
17 fev 2022, 13:04
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte London klubining transfer siyosati haqida gapirdi.

"Yanvarda to'rt muhim o'yinchi ketdi, ikki nafar yangi futbolchi keldi. Hatto son jihatdan qog'ozda kuchayish o'rniga zaiflashdik. "Tottenxem" tayyor emas, o'sa oladigan o'yinchilar qidirmoqda. Gap ham shunda", - deydi Konte.

"Tottenxem" ushbu qishda "Yuventus"dan Deyan Kulushevskini ijaraga oldi va 19 mln evro evaziga xavbek Rodrigo Bentankurni xarid qildi.

Jamoadan Dele Alli ("Everton") ketdi, ijaraga esa xavbeklar Jovanni Lo Chelso ("Vilyarreal"), Brayan Xil ("Valensiya") va Tangay Ndombele ("Lion") yo'l olishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano