Konte "Tottenxem" futbolchilariga ketchup va mayonezni taqiqladi
10 noy 2021 20:50
Yangiliklar
Konte "Tottenxem" futbolchilariga ketchup va mayonezni taqiqladi
"Tottenxem"ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte jamoaga bir qancha yangiliklar kiritdi.
Mashg'ulotlarning biridan so'ng italiyalik mutaxassis bazi o'yinchilarda ortiqcha vazn borligini ochiqchasiga aytdi.
Konte majburiy jamoa tushligi bilan tanishtirdi. Og'ir ovqatlar va sendvichlar "shporlar"ning menyusidan olib tashlandi hamda murabbiy ketchup va mayonezni ham taqiqladi.
Bundan buyon futbolchilarga meva sharbati kamroq beriladi, taomlarga kungaboqar va sariyog' kamroq qo'shiladi. SHu bilan birga, Konte futbolchilarni ko'proq meva istemol qilishga chaqirdi.
Fikrlar