Konte PSJda katta maosh olishni istamoqda
26 apr 2022 23:24
Yangiliklar
Konte PSJda katta maosh olishni istamoqda
Italiyalik murabbiy francuz grandini boshqarishga qarshi emas.
"Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte PSJ bilan shartnoma imzolashga qarshi emas. Konte parijliklardan yiliga 30 mln evro talab qilmoqda. Murabbiyning hozirgi maoshi 17 mln evro hisoblanadi.
Avvalroq Konte klubdagi transfer siyosatini to'liq boshqarishni va murabbiylar shtabiga o'zi ishongan jamoani olib kelishni istayotgani haqida xabar qilingandi.
Malumot uchun, Konte va "Tottenxem" hozirda APL jadvalida 57 ochko bilan 4-o'rinda kelishmoqda.
Fikrlar