Konte: "Omad ochiqchasiga yuz o'girdi"
06 jan 2021 22:40
Yangiliklar
Konte: "Omad ochiqchasiga yuz o'girdi"
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriyaning 16-turi doirasida "Sampdoriya"dan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
"G'alati o'yin bo'ldi. Penaltidan gol ura olmadik va ortidan ikki gol qo'yib yubordik. Ha, muammolar bo'ldi, biroq yaxshi o'yin namoyish qildik, vaziyatlar yaratdik. Bu juda g'alati o'yin edi.
Bazida siz mag'lubiyatga loyiq bo'lasiz. Bazida ishlaringiz siz o'ylaganchalik ketmaydi. Penaltidan keyin ham gol urishimiz mumkin edi. Yangning zarbasi golga aylanmadi.
0:2ni yo'qqa chiqarish qiyin kechdi, biroq oxirigacha kurashdik. Barchasini taxlil qilib chiqish kerak. Futbolchilar bor kuchini maydonga tashladi. Biroq Janob Omad bizdan yuz o'girdi.
Yaratilayotgan vaziyatlarga etibor qaratsak, hujumdagi ishlarimiz yomon ketmayapti. Ushbu mavsumda bizga balans etishmayapti. Biz juda ko'p gol o'tkazib yuboryapmiz", - dedi Konte.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar