Konte: "Men Amerikada ishlashni xohlardim"
04 iyu 2021 21:50
Yangiliklar
Konte: "Men Amerikada ishlashni xohlardim"
CHempionlik mavsumidan so'ng "Inter"ni tark etgan taniqli murabbiy Antonio Konte o'z kelajagi haqida gapirdi.
"SHunchaki qulay ish meni qoniqtirmaydi. Men har doim qiyin vazifalarni tanlaganman. ‘Inter’da bu vazifa uch yillik loyiha edi, shu vaqt ichida biz klubning oldingi ambiciyalari va eng muhim maqsadlarga erishish istagini qaytarishimiz kerak edi. Bunga ikkinchi mavsumdayoq erishganimdan juda mamnunman", — deydi Konte.
"Besh yildan keyin o'zimni qaerda ko'rishim mumkin? Xorijda ishlash bo'yicha ko'proq tajribaga ega bo'lishni xohlayman. Men ham Amerikada ishlashni xohlardim", — deya so'zlarini yakunladi murabbiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar